Oxirgi paytlarda “jinsiy tarbiya” ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Asosiy savol: jinsiy tarbiyani qachon boshlash kerak – boshlang’ich sinflardami yoki o’rta sinfda? Men bu savolni noo’rin deb bilaman. Nima sababdan inson tanasidagi jinsiy a’zolarni ma’lum davrgacha boladan yashirib, keyin maktab yoshiga yetganda o’rgatilishi kerak? Ikki-uch yoshdagi boladan buni yashirib, yolg’on gapirib o’rgatib kelinsa, keyin birdan jinsiy ta’lim haqida gapira boshlasak, o’rgatadigan katta yoshdagi odamga ham, o’rganayotgan bolaga ham noqulaylik tug’iladi.
Go’dak o’zining qiz bola yoki o’g’il bola ekanligini his etmasa-da, ikki yoki uch yoshida bu borada savollar berishni boshlaydi. Masalan, cho’milayotganida otasi va onasining tana a’zolari boshqacha tuzilganini ko’radi. Albatta, savollar beradi. Oilada yana bir farzand tug’ilsa, u qanday qilib uka yoki singil dunyoga kelganini so’raydi.
Bola bunday savollarga aniq javob olishi kerak. Bolaga hazillashish yoki yolg’on gapirish kerak emas. Ota-onaning noqulay ahvolga tushishi bu mavzuni taqiqlangan narsa kabi qiziqarli bo’lib tuyulishiga olib keladi. Ikki-uch yoshdagi bolaning ichki tuyg’ulari unga yolg’on gapirayotganliklarini seza oladi. Bola buni bildirmasligi mumkin, ammo ota-onaning g’alati xatti-harakati uning qiziqishi kuchayishiga sabab boladi.
“Bolaning jinsiy hayot haqidagi haqiqatni bilishiga hali erta”, – deyish adolatsizlikdir. Jinsiy mavzularni chiroyli so’z orqali to’g’ri tushuntirish kerakki, bolada bu mavzuga tabiiy bir jarayondek munosabat shakllansin. Bu mavzuni taqiqlangan deb tushunuvchi kattalar esa yoshlikda noto’g’ri tarbiya olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.