Biz haqimizda

Biz haqimizda:

Oilani saqlash va uning ko’rinmas rishtalarini mustahkamlash bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti tamonidan, oilalarga “Baxtiyor oila” veb-portal tarmog’idagi ochiq ma’lumot va xizmatlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish, ma’lumot va xizmatlarni olishda oilalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, veb-portalda joylashtiriladigan ochiq ma’lumot va xizmatlar yordamida samarali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik qarorlarni qabul qilish uchun oilalarga ilmiy-amaliy yordam berish maqsadida tashkil qilingan.

Bizning maqsadimizbu oila munosabatlarini va oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va mustahkamlashdir.

Sizga qanday yordam beramiz?

Biz kimga yordam beramiz?

Yosh er-xotinlarga
Ayollarga
Homilador ayollarga
Farzandli va ko’p bolali ota-onalarga
Oila qurmoqchi bo’lgan yigit-qizlarga
Baxtli bo’lmoqchi bo’lgan hamma oilalarga

Biz qanday yordam beramiz?

Oilalar uchun yuqori darajada talab qilinadigan ma’lumot va xizmatlarni taklif qilish bilan biz sizga yordam beramiz.