Hozir dunyo jadallik bilan o’zgarib bormoqda. Texnika taraqqiyoti bizning hayotimizni hayratlanarli darajada boyitib, yengillashtirib yubordi. Kompyuterni bir misol qilib oladigan bolsak, avvallari sonlarni hisoblashni insondan tez bajaradigani yo’q edi. Hozir esa inson miyasiga mos yaqinlikdagi vazifani bajaradigan kompyuterdir. Biroq texnika taraqqiyoti o’sib, qulaylashib borishi bilan birga insonlarning fikrlashi ham o’zgarib bormoqda.
Hozirgi dunyoda birinchi ko’zga tashlanadigan narsa – odamlar orasida ishonch yetishmasligi, bu jamiyatda tartibsizlik, zo’rlash, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.
Agar odamlar orasida ishonch bo’lmasa, hech qanday boylik va hayot qulayliklari bizga tinchlik va baxt olib kelmaydi.
Yaponiyada har bir o’quvchi odamlarga ishonish va boshqalarga qo’shimcha qiyinchilik tug’dirish kerak emasligini biladi. Ammo tushunish – bir masala, go’zal qoidalarni hayotga tatbiq etish – boshqa masala. Afsuski, bu ziddiyat inson tabiatiga xosdir. Agar bola bu tamoyilni faqat nazariyada o’rgansa, odamlarga ishonishni o’rganmaydi. Faqat haqiqiy hayotda u odamlarga ishonishni o’rganadi.
Agar odamlarga ishonish tamoyili go’dakka ona suti bilan singdirilgan bo’lsa, bu bola jamiyat kelajagi uchun o’ziga ma’suliyatni oladigan shaxs bo’lib ulg’ayadi.
Boshqalardan aqlliroq bo’lsa-da, odamlarga ishonmasa, hayotda ko’p narsaga erisha olmaydi.
Zamonaviy ta’lim tizimi ortiqcha e’tiborni imtihonlar va baholarga berib, odamlarga ishonchni e’tiborga olmaydi va uni rag’batlantirmaydi. Shuning uchun bu sifat erta yoshda rivojlanishi juda muhim. Bu maktabgacha ta’limning asosiy vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.