UCHINCHI SIR
JISMONIY MASHQLAR KUCHI
Yigitcha uchinchi inson bilan suhbatdan so’ng ruhlanib ketib, o’z kuchiga ishonchi tobora ortib borayotganini sezdi. Endi u sog’ayib ketishini bilardi.
Salomatlikning uchinchi siri – jismoniy faoliyat kuch keltiradi.
Doimiy mashg’ulotlar:
-qon aylanishini yaxshilaydi;
-o’pka yurakni mustahkamlaydi;
-ko’p jismoniy buzilishlarni yengib o’tishga yordam beradi;
Shuningdek.
Asl salomatlik uchun muhimdir.
Sizga quvonch keltiruvchi mashg’ulotlar bilan shug’ullanish:
Sizni terlashga majbur etai;
Yurak urishini tezlashtiradi;
O’pkalarning yanada faolroq ishlashini talab qiladi.
Jismoniy mashg’ulotlarni bajarishga jiddiy kirishishdan avval mushaklaringizni qiziting, hech qachon o’zingizni zo’riqtirmang.
Badantarbiyaga kuniga hech bo’lmaganda yarim soat vaqt ajrating.
TO’RTINCHI SIR
TO’G’RI OVQATLANISH SIRI
Asl salomatlikning to’rtinchi siri – to’g’ri ovqatlanish.
Sifatli ovqatlanishning besh qoidasi:
-to’g’ri ovqatlanish uy qurulishiga o’xshaydi. Doim yaxlit, tozalanmagan, tabiiy oziqni tanlang;
-yaxshi ovqatlanish me’yorida hazm qilishsiz bo’lmaydi. Shu bois yaxshilab chaynang, faqat tinch holatda ovqatlaning hamda asosiy ovqatlanish vaqti oralig’ida hech narsa yemang;
-yaxshisi ko’p emas, kamroq yeng! Haddan ortiq ko’p iste’mol qilmang;
-yetmish foiz oziq mahsulotlari, asosan, suvdan tarkib topgan bo’lishi kerak;
-hujayralarni yemiruvchi-qand, go’sht, baliq, sut mahsulotlari, qahva va alkogoldan saqlaning.
BESHINCHI SIR
KULGI KUCHI
Asl salomatlikning beshinchi siri-kulgi.
-Kulgi- og’riqni qoldiruvchi va ko’p kasalliklardan davolanishga yordam beruvchi, kuchli ta’sir ko’rsatuvchi dori.
-Kulgi – nafas olishni yaxshilaydi, yurak va o’pka uchun ajoyib mahsulot hisoblanadi, qorindagi a’zolarning chigilini yozadi va ichak faoliyatiga ko’maklashadi.
-Kulgi – immun tizimini kuchaytiradi.
– Kulgi – fikrlarni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi va ruhiy stressni yo’qotadi.
OLTINCHI SIR
DAM OLISH KUCHI
Asl salomatlikning oltinchi siri – dam olish va relakatsiya kuchidir.
-agar miya, tana va yurak dam olmasa, Asl salomatlik bo’lishi mumkin emas.
Dam olish:
-tana, aql va ruhni yoshartiradi;
-jismoniy va ruhiy salomatlik uchun muhimdir;
-vujudimizning kislorodga bo’lgan talabini 50 foizga pasaytiradi;
-yurak yukini 30 foizga kamaytiradi;
-qon bosimini tushiradi, xotirani yaxshilaydi.
Buning uchun quyidagilar zarur:
-ish kuni davomida muntazam qisqa tanaffus qilish;
-tashvishlanishni bas qilish maqsadida formula (ifoda va tamoyil )dan foydalanish;
-haftaning bir kunini dam olishga bag’ishlash;
-nafas olish mashqlari bilan shug’ullanish-asabiylashgan chog’da yoki stress holatida bo’lganingda, ayniqsa, muhimdir.
YETTINCHI SIR
QOMATNI TO’G’RI TUTISH KUCHI
Asl salomatlikning yettinchi siri – qomatni to’g’ri tutish kuchi.
-to’g’ri qomat salomatlik uchun zarur. Yomon qomat qonning erkin aylanishiga xalaqit beradi, asab yo’llarini ezadi va kasallanishga olib keladi.
-qomatimiz kayfiyatimiz va hissiyotlarimizga xuddi jismoniy holatimizga bo’lganidek ta’sir ko’rsatadi.
-yaxshi qomat amglash mahsulidir. Har kuni o’z qomatingizni kuzatib boorish, yomon odatlaringizni payqash va tuzatishga vaqt ajrating;
-chuqur nafas oling vas hu tobda o’zingizda qandaydir kuch ehtiyotkorlik bilan yuqoriga tortayotgandek tasavvur qiling.
-yaxshi qomatning sinoati – muvozanat.
SAKKIZINCHI SIR
TASHQI MUHIT KUCHI
Asl salomatlikning sakkizinchi siri
– haqiqiy sog’lik sog’lom atrof – muhitsiz bo’lishi mumkin emas.
-toza havo va quyosh nuri – sog’lom atrof-muhitning tub negizidir.
-agar o’z ishingizni Tabiatga olib chiqolmasangiz, Tabiatni ishxonangizga olib keeling.
-sizni o’rab turgan tabiat va butun ekologiya to’g’risida qayg’uring.
TO’QQIZINCHI SIR
ISHONCH KUCHI
Asl salomatlikning to’qqizinchi siri – ishonch kuchidir.
-ishonch – ruhiy kuch, uning sharofati bilan bo’lishi mumkin emasdek ko’ringan narsa mumkinga aylanadi.
-ishonch – inson ruhini Oliy Kuch bilan bog’laydi
-asl salomatlikka yetishish uchun biz mafaqat jismoniy, balki ruhiy oziqlanishga muhtojmiz.
-ishonch – mo’jiza yaratishga qodir kuchga yo’l ochadi.
-ishonchga qarshi qo’rquv, tashvish va gumon turadi.
-ishonch – harakatlarsiz hech nimaga arzimaydi.
Shamol deraza ortidan g’uvilladi va oynaga yomg’ir tomchilari urila boshladi. Tez orada bo’ron to’xtadi va atrofni sokin osoyishtalik chulg’adi. Yigit karovotidan turib, deraza yoniga keldi va yuqoriga qaradi.
-Shunday qilib nimani bilasan? – u o’ziga o’zi savol berdi.
Tungi osmonni millionlarcha yarqiroq yulduzlar yoritib yotardi. Shu tobda uning qo’rquv va gumonlariqayoqqadir butkul yo’qoldi.
O’NINCHI KUCH
MUHABBAT KUCHI
Asl salomatlikning o’ninchi siri – muhabbat kuchi.
-muhabbat – har qanday bemorni sog’aytiruvchi kuch.
-muhabbatga erishish uchun muhabbatni tuhfa etish darkor.
XOTIMA
Besh yildan keyin yigitcha ancha ulg’aydi va oqilroq bo’ldi. U yozuvchi bo’lib yetishdi va bir vaqtlar hayotini o’zgartirib yuborgan bilimlarni boshqalarga yetkazib, salomatlikni tabiiy usullar bilan saqlash haqidama’ruzalar o’qiy boshladi. O’zining shaxsiy namunasi orqali boshqalarni Asl salomatlik qonunlari asosida yashashga chaqirdi. Ha, darvoqe, u butunlay tuzalib ketdi!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.