“Sony” firmasining “Adzuki zavodi”da er-xotin ishchilarning ikki-uch yoshli farzandlari uchun onalari iltimosiga ko’ra bolalar bog’chasi tashkil etilgan edi. U yerda bolalar qanday musiqani yoqtirishini aniqlash uchun tadqiqot o’tkazildi. Kuzatishlar kutilmagan natijalarni berdi. Go’daklar uchun eng hayajonli musiqa Betxovenning “Beshinchi sonatasi” bo’ldi. Ikkinchi o’rinni televizorda ertadan kechgacha beriladigan mashhur qo’shiqlar, oxirgi o’rinni yosh bolalar ashulalari egalladi. Bu natijalar meni juda qiziqtirib qo’ydi.
Chaqaloqlar mumtoz musiqani eng qiziq deb topdilar, biz esa ulardan bu musiqani ma’lum bir uzoqlikda saqlaymiz. Bolalar tug’ilishidan murakkab simfoniyani baholash uchun zarur musiqaviy qobiliyatga egami? Doktor Shinichi Suzuki kuzatuvlariga ko’ra, besh oylik chaqaloqlarga Vivaldining konserti yoqar ekan. Bu menga do’stimnmg qizi va turmush o’rtog’i bilan bo’lgan bir voqeani eslatdi.
Mumtoz musiqa havaskorlari bo’lgan yosh ota-ona o’zlarining yangi tug’ilgan chaqalog’iga Baxning “Ikkinchi syuita”sini har kuni bir necha soatdan tinglashga berganlar. Uch oydan so’ng u musiqa ohangiga mos ravishda harakat qilishni boshlagan. Musiqa tezlashganda uning harakatlari qisqaroq va jadalroq bo’lar ekan. Musiqa tugaganida esa u norozilik bildirar ekan. Ko’pincha bolaning jahli chiqsa yoki yig’lasa, ota-ona shu musiqani qo’yib berishar va u darhol tinchlanarkan. Bir kuni jaz qo’yib berishganida bola yig’lab yuborgan.
Bu voqeani eshitib uch oylik bola ham Bax musiqasiga tushunishini bilish bilan birga go’daklarning ajoyib musiqaviy hissiyoti borligiga amin bo’ldim.
Murakkab musiqa ohanglarni qabul qilish qobiliyati – bu mo’jiza. Men aminmanki, ko’pgina yaponlar g’arb mumtoz musiqasini shunchaki yoshlikda faqat yosh bolalar ashulalari va milliy musiqadan boshqa hech narsa tinglashmagani sababli ham qabul qila olishmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.