Avval aytib o’tganimizdek, bir necha oylik chaqaloq suzishni, endi yurishni o’rganayotgan bola chang’ida uchishni osongina o’rgana oladi. Katta odamga bu ko’nikmalarni egallash shu qadar qiyin bo’ladiki, hatto o’rganish istagi ham yo’qoladi.
Men qirq yoshimdan keyin golf о’ynashni boshlaganman. 15 yildan beri astoydil mashq qilsam-da, hali ham yomon o’yinchiman. Agar yoshligimda o’rganishni boshlaganimda, bu darajada ko’p zo’riqmasdan yaxshi natijalarga erishardim.
Mening bir tanishim o’z farzandlariga biri yetti, ikkinchisi to’qqiz yoshga to’lganida golf o’ynashni o’rgata boshladi. Sakkiz yil o’tib ham, to’ng’ichi jismonan baquvvatroq va boshqa sportlarda kenjasidan ustun bo’lsa-da, kichigi kattasidan golfda ancha ilgarilab ketdi. Ularning otasi kichik o’g’lining muvaffaqiyati sababini tushunishga harakat qilgan. Yagona sabab – bu uning qaysi sport turini ertaroq mashq qila boshlaganidadir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.