Xaftada atigi 2 kun!
Dieta qilish birmuncha noqulayliklar tug’diradi, sababi, bizni doim yegimiz keladi.
Sizlarga 8 xaftada 6-7 kg ga ozish mumkin bo’lgan effektiv 5:2 dietasi xaqida ma’lumot beraman.
Xaftada 5 kun xoxlagancha taomlaning (lekin sutkalik 2000 kkal oshmasligi kerak) 2 kun esa 800 kkaldan ortiq bo’lmagan maxsulotlar iste’mol qiling.
Bu dietani 2012 yilda britaniyalik doktor va jurnalist Maykl Mosli kashf qilgan va o’zining “Shoshilinch dieta” nomli kitobida yozgan. Xozirgi kungacha mashxurligini yo’qotmagan ushbu dieta turidan gollivudning mashxur yulduzlari foydalanadi va o’zlari kutgan natijani oladi. Moslining o’zi bu dieta orqali ortiqcha vaznidan xalos bo’lgan va qonidagi qand miqdorini normaga keltirgan (o’zida diabet II tip kasalligi bo’lgan)
Qaysi 2 kunni tanlash kerak? mutaxassislar ro’za kunlarini (dushanba, payshanba) tavsiya qiladi. Yoki taomlanishga vaqtingiz bo’lmaydigan, ish ko’p kunlarni tanlash mumkin.
Necha maxal taomlanish kerak? 3 maxal tavsiya qilinadi, faqat sutkalik 800 kkaldan oshmasligi kerak.
Shu 2 kunda nima yeyish kerak?
Uglevod: Yashil sabzavot va ko’katlar
Yog’: zaytun moyi
Oqsil: tuxum, yog’siz go’sht, baliq va dengiz maxsulotlari.
Yana sho’rva va yog’siz bulyonlar iste’mol qilish mumkin.
Dieta qilishga qarshi ko’rsatmasi borlarga tavsiya qilinmaydi!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.