Bu an’anaviy yapon she’ri – xayku. O’rta asrlar oxiridagi shoir Isso Kobayasi tomonidan yozilgan.
Bizning qobiliyatlarni tarbiyalashga asoslangan tajriba maktabimizda bunday xaykular xotirani mashq qildirib, mustahkamlash uchun o’rgatiladi. Xaykular bizning tajribalarimiz maqsadiga mos keladi, chunki ular qisqa va bir maromda bo’lib, yodlash uchun osondir. Shuningdek, ular yosh bolalar she’riyati talablariga javob beradi: “Yodlash uchun mo’ljallangan she’rlar bolada oliyjanoblik hissiyotlarini tarbiyalamog’i, shu bilan birga, go’zal, nozik va butun umr davomida eslashga loyiq bo’lmog’I lozim. Bundan tashqari, ular bolaga yoqishi kerak”.
Boshida bolalar har kuni Issa she’rlaridan bittadan yod oladilar. Ularga she’rlarning ma’nolarini aytgan holda qiziqtirib yod oldiradilar, ertasiga yana shu she’rni takrorlatib, keyin yangisini o’rgatadilar. Shunday qilib, bola xotirasini mashq qiladi va bundan rohatlanadi. Agar birinchi marotaba bola eslab qolishi uchun she’rni o’n marta eshitishi kerak bo’lsa, keyingi safar unga uch-to’rt marta, keyinchalik bir marta qaytarish ham yetarli bo’ladi. Taxminan bola bir yilda Issaning 170 ta she’rini yodlar ekan.
Takrorlash – ilm olish garovi. Bu aksioma. Agar bola she’rning bir qatorini unutsa, uni boshidan oxirigacha qaytarsin. Shunday usulda xotirasini mashq qilgan odam butun hikoyani to’rt yoki besh marotaba o’qishdan so’ng eslab qoladi.
Ba’zi o’quvchilar xotirani mustahkamlashning bu usuliga shubha bilan qaraydilar. Men ham boshida “Issaning xaykusi bolalarga to’g’ri kelmaydi degan fikrda edim. Biroq bu mashg’ulotlardan maqsad faqat yodlash emas, balki bolada estetik tuyg’ularni, uning aqliy qobiliyat va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish hamdir.
Bolaning miyasi о’z xotirasida yuzdan ikki yuzgacha kichik she’rlarni saqlashi mumkin. Biroq foydalanilmasa, xotira zanglaydi. Undan qanchalik ko’p foydalanilsa, shunchalik faol ishlaydi va rivojlanadi. Bola takrorlashdan zavq olishi davomida uning yodda saqlash qobiliyatini mashq qildirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.