Qish mavsumida farzandingiz bilan ochiq havoda qanday o‘yinlar o‘ynash mumkin?
Ochiq havoda o`tkaziladigan qishki o’yinlarni tashkil etish alohida e’tiborni talab qiladi. Ushbu mavsumda harakatchan ko‘ngilochar o‘yinlarning afzalligi, bir tomondan: ular sog’lik uchun foydali bo‘lib, bolalar tanasining harakatsiz muzlab qolishiga yo’l qo’ymaydi. Boshqa tomondan, birinchi tur o‘yindanoq bolangiz tanasining terlashini oldini olish uchun uning nima kiyishi kerakligini yaxshilab o‘ylab ko‘rishingiz kerak.
Eslatma!
Shu o‘rinda pediatrlarning tegishli tavsiyalari quyidagicha: bolanining ust-bosh kiyimi bir necha qatlamlardan iborat bo‘lishi kerak. Bolani uch qatlamda kiyintirish eng maqbulidir:
• issiqlikni saqlovchi sintetik ichki kiyim yoki yarim jun gazlamadan tayyorlangan ichki kiyim;
• movut yoki jun gazlamadan tayyorlangan issiqlikni saqlovchi kofta;
• kombinezon (membranali, sintefon matoli yoki tivitdan qilingan).
Kiyim qatlamlari orasida havo bo’shliqli va bola tanasini isishini ta`minlash uchun tor o`lchamli kiyimlarni tanlash tavsiya etilmaydi. Bolaning oyoqlarini sovuqdan himoya qilish uchun paypoq va engil, siqmaydigan, suv o’tkazmaydigan xususiyatlarga ega poyabzal tanlash kerak. Qo’llarning muzlashini oldini olish uchun esa, suv o’tkazmaydigan qo’lqop yoki boshmaldoqli qo`lqop juda mos keladi. Ular o`zingizda bo’lmasa, almashtirib foydalanish uchun ularni bitta yoki ikkita qo`shimcha jufti bilan xarid qilishni unutmang.
Bizning qorsiz qish mavsumimiz ochiq havoga mo`ljallangan o’yinlarga unchalik mos kelmaydi. Ammo ob-havo yaxshi bo’lsa – tashqariga chiqish vaqti keldi!
Tayyorlangan tayoqchalardan 3×3 miqdordagi kengroq katakchalar hosil qilinadi. Ekslar sifatida – kichikroq o`lchamli tayoqchalardan, nollar sifatida esa – kashtan urug`i, ignabargli daraxt g`o‘ddalari yoki mayda toshchalardan foydalaniladi. O‘yin qoidasiga muvofiq, ishtirokchilardan kimdir ketma-ket uchta eksni yoki nolni qatorasiga tizib qo`ymagunicha davom etadi.
Kun davomida harorat iliq bo‘lsa-da, tunda bir oz sovuq bo‘ladi va natijada ko‘chada qolgan suv manbasi tong pallasida yorqin tusli shaffof muzning bir bo‘lagiga aylanadi. Agar sizda keks pishirishga mo‘ljallangan qoliplar yoki katta idish bo‘lsa, demak bu o‘yin aynan siz uchun. Idishni to‘ldirish uchun kichik o‘yinchoqlar, rangli ko‘zmunchoqlar, bejirim ipchalar yoki boshqa joylardan topilgan narsalar (toshchalar, archa novdalari, ignabargli daraxt g`o‘ddalari, qovjiragan gullar, yaproqlar, chig`anoqlar va boshqalar)dan foydalanish mumkin:
Bolangizga xazinalarni o‘yin idishining ajratilgan xonachalariga qanday qilib qulay tartibda joylashtirishni o‘rgating, keyin idishga qaynatilgan suv solishi va tashqariga olib chiqishda ko`maklashing. Agar tashqarida harorat juda iliq bo’lsa, muzlatgich sizni mushkul vaziyatdan qutqaradi! Endi xazinalarni idishdan chiqaring va bolangiz bilan birgalikda sinchiklab ko`zdan kechiring. O‘yin idishining pastki qismini iliq suvga 10-20 soniya bo‘ktirib qo‘yish orqali tayyor muz bo‘laklarini hosil qilish mumkin.
Quruq iqlim sharoiti bu turdagi o‘yinlar uchun katta imkoniyatni yaratadi. An`anaviy shaklli katakchalarda sakrash o‘yinini ko‘ngilochar va o‘quv mashg`ulotiga ham aylantirishingiz mumkin. Buning uchun turli tusdagi doiralarni chizing, ular “yo‘lakchalar”, ya`ni katakchalarga sakrash trassalari hisoblanadi. Bolalarni har biriga o’zlarining ranglarini tanlashlarini va bitta oyoqda sakrab mo`ljaldagi masofani bosib o’tishiga start bering. Kichik bolalar uchun sinfchalarga sakrash trassalari to’g’ri yo`nalishli bo’lishi mumkin, katta yoshdagilar uchun esa – murakkabroq ko`rinishda chiziladi. Sinfchalarga sakrash trassa sinfchalariga raqamlar yoki harflar yozib ishtirokchilarga sakrash amalini bajarishi davomida ma`lum so’zlarni yoki oddiy matematik misollar hosil qilish vazifalarni yuklash orqali maktabgacha ta`lim yoshidagi kattaroq bolalar uchun vazifani murakkablashtirish mumkin.
Bo‘r vositasida siz:
– sariq yaproqlarni yig`ib, ularning konturlarini chizishingiz;
– skuter yoki kichik o‘yin avtoulovchalari uchun poyga chizig’ini chizishingiz;
– tayoqchalar ishtirokida x va nollar o‘yini o‘ynashingiz;
– yashirin xazinaga olib boruvchi yo‘l xaritasini, so‘ngra uning atrofiga maxsus ishoralarni chizishingiz;
– mo‘ljalga tosh irg`itish uchun nishon chizishingiz;
– atrofingizdagi boshqa narsalarni rangga bo‘yashingiz mumkin.
O‘yin uchun sizga arqon va yerga chizilgan maxsus doira tasviri kerak bo‘ladi. Uning radiusi (o‘yin maydoni chetidan markazigacha bo‘lgan masofa) arqonning uzunligiga teng bo‘lishi kerak. Bir chiziq belgilangan doira markazidan o‘tib o‘yin maydonini teng ikki qismga ajratadi.
Teng taqsimlangan guruhlardagi ishtirokchilar o‘z jamoadoshlarining orqa tomonidan ketma-ketlik bilan saf toradi. Biriktirilgan arqonni ko‘krak qafasi uzra va qo‘ltiq osti orqali mahkam o‘tkazib olishadi. Katta yoshdagi hakamning “boshla” ishorasiga muvofiq, ishtirokchi bolalar raqiblarini oldinga tortib, ularni belgilangan doira qismidan olib chiqishga harakat qilishadi. Qaysi guruh buni eplay olsa, o‘sha g‘olibdir. Qo’llari bilan yerga tayangan holda bellashgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi.
Xuddi shu maxsus chizilgan doirada siz “Xo‘rozchalar jangi”ni tashkil qilishingiz mumkin. Ushbu o‘yinning tasnifi quyidagicha: dushmanni doira chegarasidan tashqariga chiqarish. Ikkita ishtirokchi bir-biriga qarama-qarshi tarzda, o‘yin doirasining o‘zlariga tegishli qismida turishadi. Katta yoshdagi hakamning “boshla” ishorasiga muvofiq, ular bir oyoqda likkillab, ikkinchisini bukib, qo‘llari bilan ushlab oladi. Bir oyog’i bilan likkillab, ishtirokchilar tanasining ko‘krak va qorin qismlari bilan raqibini belgilangan doiradan chiqarib yuborishga urinadi. Bellashuv davomida qo‘llarini ishlatgan, muvozanatsizlik oqibatida ikki oyoqlab turishga majbur bo‘lgan, yiqilgan yoki doiradan chiqarib yuborilgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi. O‘yinning sharti sifatida ishtirokchi endi xo‘roz bo`lib qichqirishi shart!
Ushbu o‘yinda ota-onalar ishtirokchilarni orqa tomonidan xavfsizligini ta’minlab turishlari maqsadga muvofiq, chunki yosh bellashuvchilar ba’zan kuchli qizg’inlik bilan, kuchlarini yetarli baholamay o‘z raqibini juda qattiq itarib yuborishlari, ba’zan boshqa ko‘ngilsizliklar ro‘y berishi ham mumkin.
Har qanday yoshdagi bolalar orasida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan antiqa o‘yinlar doimo o‘z saviyasini yo‘qotmaydi. Masalan, to‘p o‘yinlari yoki jamoaviy o‘yinlar: “Zanjirni uzish”, “To‘pni urib tushurish”, “Yeyish mumkin-mumkin emas” o‘yini, “O‘n besh raqamli boshqotirma”. Bunday faol o’yinlarni “kim topdi” kabi nofaol o‘yinlar bilan ketma-ketlikda tashkillashtirish foydaliroq.
Qorli qish mavsumi uchun (agar shunday qish haqiqatda kelganida) bolalarbop k o‘ngilochar mashg’ulotlar talaygina. Qor yoqqanda, atrofdagi hamma narsa sehrga burkanadi va hatto oddiy harakatlarimiz ham insonga quvonch baxsh etadi. Masalan, yangi yoqqan qor ustiga tayoqcha bilan rasm chizish, kurakcha va chelak yordamida qor shaharlar shaklini gavdalantirish, traktor g’ildiragi izlariga taqlid qilib, zanjirsimon izlarni qoldirish juda maroqli.
Qadimgi ko‘ngilochar mashg`ulotlardan biri – qordan parilar yasash. Buning uchun bolaning, atrofdagi manzaraning yaxlitligini buzmasdan, uning orqa tomoni bilan yangi yoqqan qor yuzasiga yotishiga yordam bering. Parli qanotlarni hosil qilish uchun ohistagina qo‘llaringiz bilan qor yuzasida bir nechta izlarini hosil qilishingiz mumkin yoki qo‘llaringizni va oyoqlaringizni haqiqatda harakatlantirib shakl yasashingiz ham mumkin, bunday holatda “qor farishtasi” katta qanotli va kiyimda gavdalanadi. So‘ngra, bolani qor yuzasidagi shaklni buzmasdan asta-sekin o‘rnidan ko‘tarilishiga ko‘maklashing.
Bolalar 5-7 ta qor to‘pini tayyorlaydilar, so‘ngra devorga chizilgan nishonni yoki hiyobon o‘rindig’ida turgan yorqin tusli kubikni mo‘ljallashga harakat qilishadi. Agar bir nechta buyumlar ketma-ket joylashtirilsa, o‘yin yanada jo‘shqin tarzda o‘tadi – har kim o‘z mo‘laliga ko‘ra qor to‘pini irg’itishi mumkin.
Yangi qor yuzasidagi izlarni sinchiklab kuzatish zavqli holat. Shuningdek, ular bilan bog`liq qanchalik qiziqarli ermaklar mavjudligini tasavvur qilasizmi?!
Masalan, uyingiz tomonga qarab oyoq izlaringiz bilan so‘zlar zanjiri orqali noma qoldirishingiz mumkin. So‘ngra nima bo‘lganini ko‘rish uchun uyga qaytib derazadan tashqariga boqing. Qanchalik teran nazar tashlasangiz, qordagi siz tomoningizdan qoldirilgan noma shunchalik aniq ko‘rinadi.
Siz yoqimli jihatni zavqli holat bilan uyg’unlashtirib, mini-biologiya darsini o‘tkazishingiz mumkin. Masalan, bolalarga o‘rmonda bo‘rilar to‘dasi izma-iz harakatlanayotganini aytib berishingiz mumkin-u, lekin hech qachon yirtqichlarning yolg’iz yohud beshshovlab o‘tganini aniq ayta olmaysiz. Qanday qilib harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsating va keyin oldinda ketayotgan odamning izlari ortidan aniq qadam tashlab quvlashmachoq o‘ynashingiz mumkin.
Agar uyingiz yaqinida hiyobon bo‘lsa, uyga qarang yoki oldindan o‘ylangan “izlar xaritasini” qog’ozga chop etib oling. So‘ngra hiyobonga chiqib, sizdan oldin bu yerdan kim o‘tganini uning izlariga qarab aniqlashga urinib ko‘ring. Hiyobonlarda odatda katta tog’ qarg’alarining izlari, kaptarlar galasining aniq zanjirsimon izlari, hurkak chumchuqlar va sa’valarning izlari uchraydi. Ammo sizda “ehtimoliy bo‘ri”, mushuk yoki olmaxon izlarini ham uchratish uchun omadli kun bo‘lishi mumkin. Qizig’i shundaki, bu kabi holatlarni Vitali Bianchi o‘zining “Qor kitobi” asarida tasvirlab bergan.
Bunday izlarni nafaqat kuzatish, balki ularni o‘zimiz yasashimiz mumkin. Masalan, “qor gullari”ni hosil qilish jarayonini olaylik: oyoq izini qorga tushiring, so‘ngra tovoningizni joyida qimmirlatmasdan, oyoq uchini biroz yon tomonga siljiting. Shunday qilib, oyoq uchining holatini asta-sekinlik bilan o‘zgartiring, to‘liq aylana qilib o‘tgach oyog’ingiz ostida qorday oppoq gul ochiladi. “Traktor” bilan yangi qorni ezg’ilab izlar qoldirish mumkin va yon atrofingizda ketayotgan o‘tkinchi kishilar bu traktor izi qayerdan boshlanib, qayerda yakun topgani haqida o‘ylab ko‘rishlariga imkon bering.
Siz uyda izlar qolipini oldindan tayyorlashingiz ham mumkin. Masalan, inson oyog’ining 54 o‘lchamdagi yoki dinozavrning panjalari shakli. Bu shakllarni qalin kartondan kesib oling, bolani oyog’iga arqon yoki kauchuk tasma bog’lang va atrofdagi harakatlanayotgan o‘tkinchi insonlarni hayratda qoldirib olg’a boring.
Maэlumki, ko‘p sonli qishki o‘yinlar mavjud bo‘lib, siz quruq va qorli ob-havo, issiq va sovuq kunlar uchun ko‘ngilochar mashgэulotlarning muqobil turini tanlashingiz mumkin. Aytgancha, sovuq ob-havo harorati sizga va bolangizga uyda qolish uchun bahona bo‘lolmaydi, hattoki tegishli me’yorlarga muvofiq, 7 yoshli bolalarga -15 darajadagi haroratda ham ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi!
Shunday qilib, asosiy jihat to‘g’ri kiyinish qoidalariga amal qilishdir. Shundagina marhamat ko‘chaga, sayohatga otlaning. Qor odam atrofida aylanib raqsga tushing, chanada uching, qordan qal’alar bunyod eting, xazinalarni qidiring, labirintlarda sarguzashtlarni boshdan kechiring va ushbu qish mavsumini zavq-shavq bilan unutilmas onlar ila o‘tkazing!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.