Onalar tushadigan tuzoqlaridan biri o’ziga ortiq darajada ishonishdir. Albatta, bola uchun bu foydali deb o’ylashlari mumkin, lekin o’rgatayotgan narsalarining to’g’riligini bilmay turib davom ettiraverishsa, bola shu holda qotib qoladi va bu unga nisbatan zolimlik bo’ladi. Afsuski, buni odatga aylantirib qo’yayotganlarini ko’p onalarimiz bilishmaydi. Eng yaxshi niyatlar bilan tarbiya qilishni ko’zlab ona bolasi irodasiga quloq tutmay, diktatorga aylanishi mumkin. Bu moyillik kuchayishining sababi esa ona chaqaloqqa g’amxo’rlik qilish davrida yolg’iz hayot kechirishidadir. Ona faqatgina o’z farzandi uchun javobgar, chaqaloqqa g’amxo’rlik qilish bo’yicha mas’uliyat yolg’iz unda deb his qilishi kerak emas. Nafaqat turmush o’rtog’i, balki, imkon bo’lsa, buva va buvisi ham onaning uydan tashqaridagi hayotida ishtirok etishiga yordam berishi darkor. Ammo, eng asosiysi, shaxsiy tushunchalari va talablaridan kelib chiqib o’z farzandiga past nazar bilan qarash odatini paydo qilmasligi, buning uchun esa bolasidan doimo o’rganishi lozim.
“Barchamizning naslimiz yoshlikda”. Men hattoki: “Go’dak – kattalar uchun o’qituvchidir”, – degan bo’lardim. Bu nafaqat go’daklik davriga, balki butun hayotimizga tegishlidir degan fikrdaman.
Har bir katta odam go’dakdan biror narsa o’rganishi mumkin. Qadim zamonlardan beri inson o’zligini anglashga harakat qilgan. Shu maqsadda biologiya, tibbiyot, psixologiya kabi ilmlarga asos solingan. Men ota-onalar biologiya yoki falsafa kurslariga qatnashi shart deya olmayman, ammo o’z xatti-harakatini baholashda haqqoniylikni yo’qotmasligi uchun erishgan natijalaridan xotirjam bo’lishi kerak emas. Shuningdek, o’z farzandingizning hissiyotlari va xatti-harakatini haqqoniy baholash ham muhim. Bunday yondashuvda ona doimo bola tarbiyasiga yordam beruvchi yangiliklarni ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.