O’yinchoqlarning tashvishga soladigan bir jihati bor. Menga Yaponiyada onalar bolalariga o’yinchoqlarni juda ko’p olib beradigandek tuyuladi. Ko’pincha do’konlarda kuzatganlarim: bola o’ziga yoqqan o’yinchoqni sotib olishni talab qilib qattiq jazavaga tushadi va ota-ona chidolmasdan o’yinchoqni sotib oladi. Bunday paytda amerikalik ota-onalar bola yig’laydimi, baqiradimi, zinhor o’yinchoq sotib olib berishmaydi. Amerika oilalarini kuzatadigan bo’lsak, tug’ilgan kuni va yangi yildan boshqa payt bolaga o’yinchoq xarid qilmaydilar. Bolalarni о’yinchoq do’koniga olib brogan holatlarni kamdan kam uchratasiz. Bola xohlagan barcha narsani olib berish aslo onaning muhabbati sababli emas, aksincha, bolaga yomon ta’sir o’tkazmaslik fikri tufaylidir.
Men ham nevaramning kayfiyatini ko’tarish uchun o’z injiqligimdan o’yinchoq sovg’a qilaman va qizimning bundan ko’p jahli chiqadi. О’yinchoq olib berganim uchun tanbeh eshitganim ahmoqona gap bo’lsa-da, Amerika oilalarini ko’rib bu umuman yaxshi emas deb mulohaza qilinadi.
Ko’pgina psixologlar fikricha, bolaning atrofida ortiqcha o’yinchoqlar bo’lishi bolani ezib qo’yadi va fikrini jamlashi qiyin kechadi. Bola bitta о’yinchoqni yaxshiroq o’ynaydi va u bilan turli о’yinlar o’ylab topadi. Uning tasavvurida bir taxta bo’lagi yoki choynakning singan qopqog’i ertakdagi uycha yoki ajoyib kolga aylanishi mumkin, bu esa do’kondagi qimmat o’yinchoqdan ancha qiziqarliroqdir.
Shunday qilib, bolada o’zgacha fikrlash va ixtirochilikni rivojlantirishni istasangiz, u so’rayotgan barcha narsani sotib olib bermang. Bu bilan umuman teskari natijaga erishasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.