Rassom Xiroshe Manabe o’zining betakror rassomlik mahorati bilan mashhur. Uning o’z farzandlari bilan amalga oshirgan tajribasi asosida bolalarni tarbiyalash nazariyasi ham majud.
“Men ularga hech qachon tayyor o’yinchoqlar sotib olmayman. Ularga qismlar to’plamini beraman va ulardan o’zlari o’yinchoq yig’ishlari mumkin. Yig’ishning uddasidan chiqolmayotgan bo’lsalar yig’lashni boshlaydilar, ammo ularga hech kim yordam bermasligini biladilar. Agar o’yinchoqqa ega bo’lishni istasalar, uni o’zlari yasashlari kerak. Shuning uchun bolalar bor kuchlarini ishga solib harakat qiladilar”.
Bu ajoyib tarbiyaviy usul bolaga “yutuqqa erishish baxti”ni beradi, ammo faqat tayyor o’yinchoqlarga ega bolalar bunday baxtdan mahrum bo’lganlar. Biroq, muhim jihati shundaki, qismlardan iborat o’yinchoq bolaning yoshiga mos kelishi kerak, aks holda, bu usul unga nisbatan zulmga aylanadi.
Bolalar do’konida yorqin va ajoyib o’yinchoqlar ko’pligidan hatto katta odamning ko’zlari o’ynab ketadi. Biz oxirgi tiyinimizgacha pul sarflab olgan narsalarimizni ko’rib bola ham zavq olishiga umid qilamiz. Ammo, odatda, bola yangi o’yinchoq bilan bir necha daqiqa o’ynaydi, keyin uni tashlab ketadi. Har bir ota-ona buni tajribada kuzatgan.
Tayyor o’yinchoqlar kamdan kam holatlarda bolalarga yoqadi, chunki ular atrof-muhit bilan deyarli umumiylikka ega emas. Go’daklarga o’yinchoqning chiroyli va qiziqarli bo’lishi yetarli emas. Ehtimol, yuradigan temir yo’l poyezdi o’yinchog’ining qanday yurishini kuzatib, relslarni yig’ib olib ko’proq o’ynar.
Montessori taklifi bo’yicha hayotdagi mavjud predmetlarga o’xshaydigan o’yinchoqlar to’plami ishlab chiqilgan. Ularni ushlash, otish, bir-birining ichiga solish, yechish va taqish, ochish va yopish mumkin. Bu ko’nikmalarning barchasi bola hayotida zarur. Katta odamlarda ko’pincha u yoki bu o’yinchoqning qiymati haqida bolalikdagi taassurotlariga asoslangan noto’g’ri tushuncha mavjud bo’ladi. Go’dak zavq bilan atrofidagi narsalarni o’rganadi, ayniqsa, uni “yutuqqa erishish baxti”ni beruvchi, “ijodkorlik”ka bo’lgan talabini qondiruvchi o’yinchoqlar ta’sirlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.