Hamma bilsa kerakki, o’yin qartasida yuzi pastga qaragan qarta juftini topish degan o’yin bor. Qartaning orqasiga o’girib ikkitadan tarqatiladi. Bir qarashda juda oddiy ko’rinadigan o’yin. Ammo hozir o’ynab ko’rsangiz, bu kattalar uchun juda murakkab bo’lib, ikki-uch yoshdagi bolaga osongina yutqazishingiz mumkin. Bir marta farzandingiz bilan o’ynab ko’ring. Bu o’yin hech qanday mahorat talab qilmaydi, faqatgina xotiraga tayanadi. G’olibona boshlasangiz yaxshi, lekin chalg’ishingiz hech gap emas. Oxirida bilmagan holda qartani o’girib qarasangiz, farzandingiz e’tiborli ekanligiga guvoh bolasiz.
Bunga qarama-qarshi o’laroq, farzandingiz sizning qiynalib o’ynaganingiz kabi qiyinchiliklarga duch kelmay ikkala qartani ham oson qo’lga kiritadi. Albatta, sizning xotirangiz boshqalardan farq qilgan holda yomon bo’lmasligi mumkin, lekin farzandingiz xotirasidan jiddiy farqlanadi. Bu farq qayerdan kelib chiqqan? Yaxshilab e’tibor beradigan bo’lsak, javobini topamiz. Bola qarta holatini oddiygina yoddan eslab qolayotgani yo’q. U qarta holatining barchasini butun bir shakl sifatida tanib, miyasiga ko’chirib oladi. Ya’ni qarta tarqatilayotgan vaqtda uni birgina rasmli shakl sifatida eslab qoladi. Bu biz shu paytgacha tez-tez takrorlayotgan bolaning qiyofa, shakl tanish qobiliyatiga o’ziga xos bir misoldir. Biz, kattalar, qarta holatini bitta-bitta, o’ngdan nechanchi qator, pastdan nechanchi qator deb eslab qolishga harakat qilganimiz sabab bolaga teng kelolmaymiz. Bu kabi qiyofa tanish bolaning ustun bo’lgan qobiliyatlaridan biridir. Har bir qiyofa (shakl)ning xususiyatini darhol aniq ilg’ab olganligi uchun, o’ylab qarasak, u qadar donolarcha eslab qolish usuli yo’q. Masalan, bola bir martada eslab qolsa, ko’chada ketayotgan avtomashinani bir ko’rishdayoq qaysi davlatning qanday avtomashinasi ekanligini aniq aytadi. Buni ham qiyofa tanish qobiliyati sabab topa oladi.
Shunday qilib, bolalar aql-idrokini o’yin va musiqa orqali tabiiy ravishda o’stirib boramiz. Biz ota-onalar bunga qo’ldan kelgancha yordam berishimiz kerak. Bizning bu harakatlarimiz farzandlarimizning kelajagiga katta ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.