Juda g’amxo’r onalar bolaga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan hamma narsani olib tashlashga harakat qiladilar. Bola emaklash yoki yurishni boshlaganida tebranib yuradi va doimo vazalarni tushirib yuboradi, elektr simlariga yopishadi, beton polda sirg’anadi. Albatta, onalar o’z farzandini barcha xavf-xatardan omon saqlashni va uning yo’lidagi barcha xavfli narsalarni olib tashlab, faqat tomtoq va bola ko’tara olmaydigan og’ir narsalarni qoldiradilar.
Yaqinda “axloqsizlik munozarasi”da mashhur yozuvchi Sakakuchi Angoning ayoli yozgan kitobni o’qidim. Unda quyidagilar yozilgan edi. Ango doim о’z xonasini oyoq bosishga joy qolmaydigan darajada betartib qilar, xotini tartibga solib, yig’ishtirib qo’ysa, Asa imkon boricha betartiblik qilar edi. Faqat Angoninggina emas, yozuvchi va rassom kabi ijodiy ish bilan shug’ullanadigan insonlarning xonasi, odatda, ajablanarli tarzda betartib bo’ladi, ularni kichkina savdo do’koni deyish mumkin. Bu holat ularning sermahsul ijod namunalari bilan aloqador deb o’ylayman.
Shunday qilib, ular bola atrofida deyarli vakuumni hosil qiladilar. Men bola rivojlanishi uchun qo’l bilan ushlashning (taktil) foydasi haqida aytib o’tgandim. Madam Montessori tavsiyasiga ko’ra, ongli ravishda bolaga qattiq va yumshoq, qo’pol va nozik, to’mtoq va o’tkir, og’ir va yengil predmetlarni taklif qilish zarur. Bola uchun uning atrofidagi barcha narsa qiziq. U qo’lini tekkizadi va paypaslaydi, ba’zida to’kib yuboradi yoki bo’laklarga bo’lib yirtadi. Bu uning o’sayotgan qiziquvchanligi va ijodiy salohiyatidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.