Ko’pincha farzandlarimiz katta bo’lganlarida o’z otalari bilan birga o’tkazgan vaqtlarini bayramona xursandchilik bilan eslaydilar, chunki aksariyat oilalarda bunday holat u qadar ko’p yuz bermaydi. Mening katta o’g’lim hanuzgacha birga qilgan ishlarimizni yaxshi eslaydi: masalan, dengizda qayiqda sayr qilganimizni va qaytishda shirin qizil loviya tanovul qilganimizni. Bu voqea 30 yil avval bo’lgan va men buni unutib yuborgan edim.
An’anaga ko’ra, oilalarda otalarga so’zsiz bo’ysuniladi. Ota tartib nazoratchisi, ammo bolalarga har kunlik g’amxo’rlik ishlarida kam qatnashadi. Agar farzand o’z otasini kam ko’rsa va shu ham faqatgina gap eshitish uchungina bo’lsa, u holda bola o’z otasini bir begona, ya’ni favqulodda vaziyatda chaqirilgan shifokordek deb qabul qiladi. O’ziga ishonchi yo’q va himoyasiz bola ko’pincha otasiga iliq tuyg’ularni his qilmaydi. “Qattiqqo’l ota” tomonidan tarbiya topgan bola ulg’ayganda daho yoxud mashhur inson bo’lsa-da, itoatkor va irodasi sust bo’ladi. Boshqa tomondan, agar ota ichkilik ichsa, ayoli bilan qo’pol munosabatda bo’lsa va farzand tarbiyasi bilan umuman shug’ullanmasa, bunday oilada ulg’aygan bola axloqsiz, hatto jinoyatchi bo’lishi ham mumkin. Bunday holatlar kam emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.