Ko’pincha ota-onalar: “Mening o’g’lim otasi kabi g’amgin” yoki “Mening qizim onasi kabi pala-partish”, – deb noliydilar. Bu o’rinda ular farzandlarining ijobiy tomonlari o’zlaridan, kamchiliklari esa turmush o’rtoqlaridan o’tganligini aytishadi.
Ammo kitobimning shu qismigacha o’qigan ota-onalar anglab yetganlariga umid qilamanki, ularning farzandlaridagi yaxshilik va yomonlik alomatlari tug’ilishdan berilgan tarbiya natijasidir.
Erta rivojlantirish deganda bolani ma’lumotlar bilan to’ldirib tashlash yoki unga o’qish va yozishni o’rgatish tushuniladi. Biroq undan muhimroq tomoni bolada fikr yuritish, baholash va idrok qilish yoki uqishni rivojlantirishdir. Buning uchun maxsus dasturlar yo’q, faqatgina ota-onaning o’zini qanday tutishi, amalga oshirayotgan ishlari va his etayotgan tuyg’ulari, go’dak bilan qilayotgan muomalasi bolaning shaxsiyatini shakllantirishi mumkin.
Ya’ni kamgap va ma’yus odam tomonidan tarbiyalangan go’dak doimo g’amgin, mahzun bo’ladi, xuddi shunday beparvo, beg’am odam tomonidan tarbiya qilingan bola ham beg’am, beparvo holatda ulg’ayadi. Ammo musiqiy qobiliyat onada bo’lmasa, bolasiga tinglashi uchun musiqa berishi mumkin. Ayrim narsalar, masalan, xulq-atvor, xarakter, hissiyotlar va sezgi odamning aslini anglatmaydi. Inson o’zidagi kamchiliklarni bilsa-da, ularni to’g’rilashi qiyin. Shuning uchun ota-ona o’z xatti-harakatlaridan ehtiyotkor bo’lmog’i lozim.
Agar ona shamollab qolsa, o’z bolasiga yuqtirmaslikka urinib dokali niqobni yuziga tutishi mumkin. Ammo farzandlariga o’z kamchiliklarini bermaslikka harakat qiladigan onalar juda oz. Men o’zgartira olmaydigan xato va kamchiliklarimizni iloji boricha bolalarga ham ko’rsatmaslikni xohlar edim. Onalardagi “asabiylashish” nomli virus shamollashdan ko’ra ancha yuqumli va kuchlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.