“Mening bolam juda iqtidorli, boshqa bolalardan ajralib turadi. Men unga pianinoni o’rgataman”. “Qo’shni bola skripkada chalishni o’rganyapti, mening bolam ham o’rganadi”.
Bunday tarbiyaga faqat manmanligi boshqarayotgan onalar yo’l qoyadilar. Bundan tashqari, erta tarbiya yuqori martabadagilar yoki iqtidorlilarning imtiyozi sifatida ko’rilgan. Haqiqatda esa olifta ota-onaning musiqa bilan shug’ullanishga majbur qilingan farzandlari ko’pincha samimiyatsiz va g’ayritabiiy bo’ladilar, xuddi ularga onalari obro’ va raqobat kabi yolg’on tushunchalarni singdirgandek. Bolaning rivojlanishiga qaratilgan musiqa mashqlari ruhiy iztiroblar manbaiga aylanadi. Musiqa mashg’ulotlari birdan bir maqsad emas, aniq maqsadga erishishdagi vositadir. Siz bola bu mashg’ulotlardan nima olishi, natijada uning qaysi qobiliyatlari rivojlanishini aniq ko’ra bilishingiz kerak. Quruqdan quruq musiqa mashg’ulotlari hech qanday ahamiyatga ega emas.
Doktor Suzukining darsida ona uning darsiga yuborayotgan bolasidan ham yaxshiroq skripka chaladigan bolalar bo’ladi. O’z bolasining barchadan yaxshi bo’lishini istaydigan onaning istagini qondirish mumkin emas. Shuning uchun u yo keraksiz manmanlikdan qutulishi, yo bolani mashg’ulotlarga olib borishdan to’xtashi zarur.
Skripkada chalish qobiliyatidan g’ururlanish mumkin, albatta. Bu bolaning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Mening o’g’lim o’z kuchiga ishonchga skripka mashg’ulotlari sababli erishdi va shundan keyin boshqa sohalarda muvaffaqiyat qozondi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.