Katta yoshdagi odam bo’lsa ham, suzishni bilmav, suvga tushsa xuddi cho’kib ketayotgan toshdek bo’lib qoladiganlar ko’p. Shuning uchun siz go’dakka suzishni o’rgatish mumkinligini bilib ajablanishingiz mumkin. Hali yurishni boshlamagan go’dak suvda xuddi yerda emaklagandek turishga harakat qiladi. Muhimi bolaning suza olishi emas, balki yosh bola bo’lganligi uchun ham suza olishidir.
Bir necha yil avval men gazetada De Beneseyl ismli bir belgiyalik erkakning emizikli chaqaloqlar uchun suzish maktabini ochgani haqidagi maqolani o’qigan edim. Uning fikricha, uch oylik chaqaloqni hovuzda orqa tomoni bilan o’zini ushlab turishga, to’qqiz oyligida esa suvda to’g’ri nafas olishga o’rgatish mumkin.
1965-yilning avgust oyida Tokioda bo’lib o’tgari ayol atletlarning xalqaro konferensiyasida rais Riza Dimning bir yoshgacha bo’lgan bolalarning suza olishi mumkinligi haqidagi ma’ruzasi jiddiv shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Dim xonim besh oylik chaqaloqni 32°C haroratdagi hovuzga tushirdi va uch oydan so’ng u 6 daqiqa davomida suza oladigan natijaga erishdi. Chaqaloq suvda 8 daqiqayu 46 soniya turib berib o’ziga xos rekord ham o’rnatdi.
Press-konferensiyada Dim xonim aytdiki: “Yosh bola yerdan ko’ra suvda qanday turishni ancha yaxshi biladi. Birinchidan, siz uni suvda ko’nikishiga va o’zi suvda turishni boshlaguniga qadar ushlab turasiz. Suvga cho’kish vaqtida bola nafasini ushlaydi va suv sirtiga suzib chiqquniga qadar ko’zlarini ham yumadi. Shunday qilib, u qo’llari va oyoqlarini ishlatib suzishni o’rganadi. Dim xonimning alohida ta’kidlashicha, insonning imkoniyatlari va qobiliyatlarini bir yoshga qadar rivojlantirish mumkin.
Bolaning suzish qobiliyati uning cheksiz imkoniyatlarini tasdiqlovchi birgina dalildir. Birinchi qadamlarini qo’yayotgan go’dak ayni shu davrda rolikda uchishni o’rganishi ham mumkin. Agar bola to’g’ri yo’naltirilib rag’batlantirilsa, yurish, suzish va sirpanishni o’yin sifatida o’rganadi.
Albatta, bu tajribalar bolani suzishga yoki skripka chalishga o’rgatish uchun o’tkazilmaydi. Suzish bolaning qobiliyatlarini rivojlantirish uslublaridan biridir: suzish uyquni yaxshilaydi, ishtahani ochadi, reflekslarni kuchaytiradi va mushaklarni chiniqtiradi. “Temirni qizig’ida bos” deydilar.
Boshqacha qilib aytganda, temirga sovib bolganidan keyin shakl berish juda kechdir. Chunki metall qattiqlashib ulgurgan bo’ladi. Shuning uchun temirni qizig’ida bosing.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.