Ilmiy tadqiqotlar orqali insonlararo munosabatlarda ranglarning ham muhim o’rin tutishi aniqlangan. Ranglarning insonlarga turlicha ta’sir qilishi borasida olimlar hamfikrdir. Reklamalardan tortib, davo muolajalariga qadar, hamma sohada ranglarning ta’siridan foydalaniladi. Shu o’rinda oilaviy hayotda ranglarning ahamiyati va ta’siri xususida to’xtalib o’taylik.
Oq. Soflik, poklik va beg’uborlik ramzi bo’lgan bu rang insongakuch-quvvat bag’ishlaydi. Mazkur rangning yana bir xususiyati shuki, boshqa ranglar bilan birga ishlatilganida ularning ta’sirini kuchaytiradi.
Qora. Jo’shqin tuyg’ularni osonlashtirishda muhimrol o’ynaydi. Ammo, ortiqcha ishlatilsa, noaniqlikka, anglashilmovchilikka sabab bo’lishi mumkin. Qora rangdan unumli foydalanishning yo’li uni oq rang bilan birga ishlatishdir.
Qizil. Kuchli ta’sir ko’rsatuvchi, ogohlantiruvchi rang hisoblanadi. Gina, qasos, mantiqsiz jasorat va shavhat tuyg’ularini qo’zg’agani uchunkamroq ishlatgan ma’qul.
Olovrang. Quvonch va donishmandlik ramzi bo’lgan mazkur rang ko’maklashish tuyg’usini kuchaytirar ekan. Me’yordan ortig’i asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatgani uchun yashil va zangori ranglar bilan birga ishlatish tavsiya qilinadi.
Sariq. Aqliy faoliyatni oshiradi, insonga quvonch bag’ishlaydi. Shu bilan birga, nekbinlik va kelajakka ishonch tuyg’usini kuchaytiradi.
Yashil. Sokinlashtiruvchi ta’sirga ega. Do’stlik, mehr, umid va ishonch tuyg’usini kuchaytiradi.
Zangori. Tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo’lgan bu rang nafas olishni ravonlashtirar ekan. Bu rangdan ham unumli foydalanish uchun uni issiq ranglar, ya’ni qizil va olovrang bilan birga ishlatish lozim.
Manba: Bahtli oila qurishning 5 qoidasi. Sabohat B, Rohilla Ro’zmanova. 2019 yil 20-22 betlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.