1970-yili Osakadagi ko’rgazmada BMT sharafiga bag’ishlangan yosh skripkachilar konserti bo’lib o’tdi. Konsert soat 1100 da boshlandi, ammo ertalab soat 800 da ko’pgina bolalar, shu jumladan, uch va to’rt yoshli bolalar, sovuqqa qaramasdan, o’z kuylarini takrorlar va skripkalarini so’zlab maydonda turardilar. Men bu bolalarning sobitqadamligidan taajjubda qoldim.
Albatta, yosh bola bolaligicha qolishi, tiyrak hamda qiziquvchan bo’lishi kerak. Ammo tiyraklik va quntsizlik bir narsa emas. Oxirgisi katta odamda g’oyatda istalmagan sifat hisoblanadi. Bir narsaga diqqatini uzoq muddat jamlay olmaydigan shaxs har bir masalada bekorga ko’p vaqt va kuch sarflaydi.
O’zida yuqori darajada diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirgan shaxsning yuksak afzalliklari bor. Musiqa maktablari o’quvchilari intizomli va yaxshi tarbiya ko’rgan hisoblanadi. Balki, siz: “Bu bolalarning ota-onalari qattiqqo’l. Shundan bolalar yoshlikdanoq zerikarli va jiddiylar”, – deb o’ylarsiz. Bunday emas! Ular o’zlarini yaxshi tutishlariga sabab darslarda ota-onalari bo’lgani uchun emas, balki hech bir qiyinchiliksiz yuqori darajada diqqatni jamlay olish qobiliyatiga ega ekanligidadir. O’qish-o’rganish ular uchun oson va bir xil vaqtda boshqa bolalarga nisbatan ko’proq vazifalar bajarishga ulguradilar. Shunday qilib, ularda ko’proq bo’sh vaqt qoladi.
Doktor Suzukining skripka darslariga qatnagan bolalarning barcha ota-onalari ta’kidlashicha, ularning farzandlari imtihonga tayyorlanayotganlarida hech qiynalishmagan, ko’p vaqt hovlida bolalar bilan o’ynashlariga qaramay, hech bir zo’riqishsiz yaxshi o’qishgan. Bu savol mutlaqo aqlli bolani kashf qiladi: xushchaqchaq, zukko va umumqabul qilingan stereotipdagi rangi ketgan, oriq, ko’zoynakli bolaga sira o’xshamaydi. Konfutsiyning “Musiqa bilan hamohanglikda” ta’limolida aytilishicha, musiqa qalbni yumshatadi va fe’l-atvorni yaxshilaydi. Musiqaviy mashg’ulotlar muntazam mashqlarni talab etadi, bu, o’z navbatida, diqqatni jamlash qobiliyatini tarbiyalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.