Avvalgi bo’limlarda go’dakning uxlab yotgan qobiliyatlari haqida gapirgan edik. Navniholdan daraxt o’sadimi yoki g’unchaday go’zal gul – bu sizning unga qanday shart-sharoit yaratishingiz va qaramog’ingizdagi go’dakka qanday ko’rsatishingizga bog’liq. Mening fikrimcha, bola rivojlanishida ta’lim va muhit naslga nisbatan ko’proq ahamiyat kasb etadi.
Yaponiyada tug’ilganidan boshlab har xil oilada katta qilingan egizaklar bilan bir qator tadqiqotlar o’tkazildi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, egizaklar onadan bir xil genni olgan bo’lsa ham, turli sharoitda va har xil odamlar tomonidan tarbiya qilinsa, bir-birlaridan xulq-atvor va qobiliyat jihatidan farqlanadi.
Eng muhim masala ta’lim va muhit bolaning yashirin qobiliyatlarini jadallik bilan rivojlantira olishida. Javob tariqasida olimlar tomonidan turli sharoit va usullar orqali o’tkazilgan har xil tadqiqot natijalari olindi. Bundan tashqari, maktab ta’limidan qoniqmagan ota-onalar farzandlarini o’zlari o’qitishlari borasida ko’pgina dalillar mavjud. Shuningdek, kuchuk va maymunlar bilan o’tkazilgan tadqiqot natijalari ham bor. Endi men o’tkazilgan bu tadqiqotlarning ba’zilarini muhokama qilmoqchiman.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.