Zamonaviy Yaponiyada mavjud urf-odatga ko’ra, yangi kelin-kuyovlar o’z ota-onalari va qarindoshlaridan mustaqil holda holda yashaydilar va odatda, oilalarda uch nafardan ortiq farzand bo’lmaydi.
Men oilada yolg’iz farzand bo’lganman va bu o’sha davr uchun kam uchraydigan holat edi. Men aka-uka va opa-singillari bor do’stlarimga havas qilar, bir-birlari bilan suhbatlashib ovqatlanadigan, o’ynaydigan va janjallashadigan do’stim uyiga intilar edim. Ko’pincha oiladagi birinchi farzand kam rivojlanib, vazmin, tarbiyali, ammo hayotiy zavqqa to’lmay o’sadi. Aksincha, mening do’stim, uch aka-ukaning o’rtanchasi, juda jasur va qat’iyatli, aka-ukalari xafa qilishsa-da, hech yig’lamas edi. Bunday hodisalarga faqat mengina guvoh bo’lgan emasman, ular hayotda juda ko’p uchraydi.
Ammo nega bitta ota-onadan tug’ilgan, bir oilada tarbiya topgan bolalar turli fe’l-atvor va qobiliyatlarga ega bo’lib ulg’ayadilar? Odatda, ota-onalar o’zlarining ikkinchi yoki uchinchi farzandlarini birinchisi kabi erkalatmaydilar. Shuning uchun ular ko’proq mustaqil bo’lib voyaga yetadilar. Lekin, hozirgi erta ta’lim nazariyasiga qarasak, sabab faqat bunda emas.
Ota-onalar uyida birinchi farzandi uchun qiziq mashg’ulotlar va qulay sharoit yaratishadi, ammo ikkinchi bola egalik qiladigan ustunlik birinchisida bo’lmaydi. Ya’ni ikkinchi farzandda tug’ilishidan boshlab sherik bo’ladigan aka yoki opa bor va u o’zidan katta aka yoki opa bilan doim bellashishiga to’g’ri keladi. Shu tufayli ertaroq kuchli va quvnoq bo’lib ulg’ayadi. Uchinchi va to’rtinchi farzandga bu yanada ko’proq to’g’ri keladi. Chunki hayotning o’zi ularni chidamliroq va kuchli irodali bo’lib o’sishga majbur etadi.
E’tibor bersangiz, bola, masalan, skripka chalishni o’z aka-ukasi yoki opa-singlisi bilan o’rgansa, mashg’ulotlar samaraliroq bo’ladi. Ko’p farzandlari bor kambag’al oilalarda ulg’aygan iqtidorli insonlar ulkan muvaffaqiyatlarga aynan bolalar ko’p xonadonda ulg’ayishi tufayli erishadilar. Chunki bunday sharoitda ajoyib qobiliyatlar va fe’l-atvorni rivojlantirish osonroq kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.