Cheklangan tasavvurimiz bilan biz, kattalar, kitobni faqat o’qish kerak, kubikchalardan faqat biror narsa yasash kerak deb hisoblaymiz.
Kitoblar va kubikchalar, odatda, bolaning birinchi o’yinchoqlari bo’ladi. Kattalar bolaga ular bilan qanday o’ynash kerakligi to’g’risida o’z qarashlarini zo’rlab o’tkazadilar. Agar go’dak o’zicha o’ynasa, nima bilan yoki qanday o’ynashidan qat’i nazar, maqsadga erishilgan bo’ladi.
Uni to’g’rilash uning ijodiy rivojlanishiga to’sqinlik qilish yoki o’ynash ishtiyoqini umuman yo’qotishga olib boradi.
U kitobdan ko’priklar yasashi yoki unga chizishi, yirtishi ham mumkin. Unga kitobni faqat o’qish uchun bergandan ko’ra umuman bermagan ma’qul.
Kitob o’qishga qiziqishi paydo bo’lganida, albatta, uni o’qish qiziqroq ekanligini anglab yetadi.
Bolaga faqat bir maqsadda foydalanish mumkin bo’lgan tayyor о’yinchoq bilan o’ynash zerikarli. O’yinchoq qanchalik qimmat bo’lmasin, agar bola o’z qo’llari bilan uni biror narsa qilolmasa yoki o’z tasavvuri asosida o’zgartira olmasa, u bola uchun qadrli emas.
Odatda, birinchi farzandga juda ko’p o’yinchoq xarid qilishadi, ularning ko’pligi go’dakka muhim emasligini anglagach, ikkinchisiga kamroq olib berishadi. Bir nechta, ammo foydali o’yinchoqlar bo’lgani ma’qul. Deyarli barcha ota-ona buni boshdan kechirgan.
Go’dak uchun u ushlaydigan va ko’radigan hamma narsa o’ynaydigan buyumdir. Unga umuman o’yinchoqlar sotib olish zarurati yo’q va bolaga “tartibga ko’ra” o’ynashi lozimligini uqtirish ham yaxshi emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.