Kichkintoyga kim qaraydi
Shubhasiz, bola tug’ilishidanoq u bilan muloqot davom etadi. Siz sabab dunyoga kelgan ushoqdekkina mavjudot bilan ajralgingiz kelmaydi. Go’daginggiz tug’ilgach, kim bilan bo’lishi sizning sog’lig’ingiz, bolangizning salomatligi va sizning unga nisbatan bo’lgan hissiyotlaringizga bog’liq. Ba’zi onalar bolasi tug’ilishi bilan onalik mehrini socha boshlaydilar. Ular go’dakni tezroq qo’llariga olishni hohlaydilar, uni tug’ilgan zahoti erkalab suyadilar. Ba’zilari tug’ruq jarayoni yaxshilik bilan tugaganidan, bola sog’-salomatligidan yengil nafas olib, o’zlariga kelib olishni istaydilar. Agar shunday bo’lsa, o’zingizni qiynamang. Go’dagingiz bilan muloqotga kirishishga ulgurasiz. Bu vaqtda kichkintoy bilan otasi yoki buvijonisi birga bo’lsa ham bo’ladi. Bola tug’ilganidan so’ng 1-2 soat mobaynida ko’zi ochiq bo’lib, atrofidagi yangi olamni o’rganadi. Shunda ko’zi mehribon yaqinlarini ko’rsa, qulog’I tanish ovozlarni eshitsa, xotirjam bo’ladi.
Kichkintoyning mehri
Har bir bola tabiatan mehr bilan uni parvarishlayotgan odamga bog’lanib qoladi. Chaqaloqning sizga qarab turgan tiniq ko’zlari, nozik terisi, takrorlanmas go’dak isi hech bir insonni befarq qoldirmaydi. Yig’layotgan bolaning ovozi onasining onalik hislarini qo’zg’atadi. Bunga jismoniy va ruhiy o’zgarish sabab bo’ladi. Bola yig’laganida onasining ko’kragiga qon quyilib kelib, go’dagini qo’liga olib erkalay boshlaydi. Bu bola yuborgan biologik signal onaga o’z ta’sirini ko’rsatishining yorqin misolidir.
Chaqaloqning ko’rinishi
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar odatda quyidagi ko’rsatkichlarga ega bo’ladi: og’irligi 2,5 kg.dan 4,1 kg.gacha (o’rtacha 3,4 kg); bo’yining uzunligi 46 sm.dan 55 sm.gacha (o’rtacha 51 sm); bosh aylanasi 32,5 sm.dan 37,5 sm.gacha (o’rtacha 35 sm). Nafas olishi va yurak urishi kattalarnikiga qaraganda ikki barobar tez bo’ladi.
Birinchi ko’rik
Bola tug’ilgach, 24 soat ichida birinchi ko’rikdan o’tadi. Unda ishtirok etsangiz, bolangiz haqida anchagina ma’lumotga ega bo’lasiz. Keling, kichkintoyingizni boshdan-oyoq ko’rikdan o’tkizamiz. hifokor avval chaqaloqning vaqtida tug’ilganmi -yo’qmi, qanday yotishi, harakatchanligi, terisining ranggi, nafas olishini ko’zdan kechiradi. So’ngra boshini tekshira boshlaydi. Boshidagi qavariq va shishlarni, liqildog’ining holatini ko’radi. Bosh aylanasini o’lchab, tana uzunligi va og’irligiga solishtiradi. Burun ko’rsatkichlari havoni yetarlicha o’tkazishiga ishonch hosil qilgach, og’iz bo’shlig’ini tekshira boshlaydi. Bolaning tili, tanglayini ko’zdan kechiradi. Qornini paypaslab nozik mushaklar orasidan hayot uchun zaruriy a’zolari-jigar, qorataloq, buyrakning hajmi, joylashishining to’g’riligini tekshiradi. Shu bilan kichkintoyning birinchi shifokor ko’rigidan o’tishi tugaydi. Tug’ruqxonadan chiqishingizdan oldin shifokor siz bilan suhbatlashadi. Undan so’ramoqchi bo’lganlaringgizni qog’ozga yozib oling.
Go’dak tug’ilishi bilan oilaviy hayotning o’zgarishi
Yangi odamcha bilan birga yashash vaqti keldi. Chaqaloq uyga kelganining birinchi haftasi barcha oila a’zolarining yangi sharoitda o’zaro bir-birlarini qayta tushunish davri boshlanadi. Yaxshi oilaviy muhit yaratishga harakat qiling. Uyga kelgan zahotingiz yo’qliginggizda yig’ilib qolgan ishlarni bir kunda qilib bitirishga urinmang. Yodingizdan chiqmasin, siz hali ko’p harakat qiladigan quvvatga ega emassiz. Oilada chaqaloq paydo bo’lishi nafaqat onalarning, balki otalarning ham, boshqa oila a’zolarining, xususan, katta bolalarning hayoti o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Otalarga maslahat
Otalarga hayot tarzining o’zgarishi ikki barobar ma’suliyat olib keladi. Ular endi go’dakning onasiga ham e’tiborliroq bo’lishlari lozim. Ko’pchilik otalar go’dakka qarashni, yanggi tuqqan ayoliga yordamlashishni yoqtirishmaydi. Aynan birinchi haftalardan ona-bola bir-biriga moslashib olgunicha, uy sharoitiga ko’nikkunicha otaning mehribonchiligi go’dakka ham, onasiga ham zarur bo’ladi.
Onalarga maslahat
Otalarni qanday qilib bola parvarishiga jalb qilish mumkin? Eringiz sizga nimada yordam berishi mumkinligini o’ylab ko’ring. O’sha ishni bajarishni taklif qilib ko’ring. Chunki, o’rgatib, aqllilik qilsangiz unga yoqmasligi mumkin. Farzandingizni birga cho’miltiring, birga tagligini almashtiring. Bolangizni otasi bilan ozgina vaqtga birga qoldiring. Ungacha boshqa ishlaringizni qilib olasiz. Sabrli bo’ling. Hamma otalarda ham bola bilan muloqotga kirishish oson bo’lmaydi.
Aka va opalar chaqaloq bilan tanishishadi
Uch yoshdan katta bolalar oilaga chaqaloq kelganida xursand bo’ladilar. U bilan birga o’ynashni o’ylaydilar. Uch yoshgacha bo’lgan bolalar esa ukali, singilli bo’lganidan norozo bo’ladi. Farzandlaringgizni kichkintoyingiz tug’ilmasidan oldin u bilan do’st bo’lishga o’rgating. Tug’ruqxonaga ketganinggizda ular bilan buvijonisi birga bo’lishini, ularga shirin ovqatlar pishirib, yangi o’yinchoqlar olib kelishini ayting. Katta farzandinggiz uyga chaqaloq kelishi bilan o’zini chetlatilganday his qilishi mumkin. Yana ustiga-ustak barcha sovg’alar chaqaloq ukasiga yoki singlisiga atalgan. Bolalar bularning barchasiga e’tibor qilishadi. Shuning uchun o’zingiz unga bir-ikkita sovg’a olib qo’ying.
Tug’ruqdan keyinggi depressiyani yengish
Siz to’qqiz oy ajoyib yangilikka tayyorlanasiz. Marraga yetib, mukofotga ega bo’lasiz. Siz o’zinggizni tenggi yo’q malikaday his qilasiz. Hissiyotlaringizning eng cho’qqisida, odatda tug’ruqdan so’ng uch kun o’tgach, o’zinggizni ruhan ezilgan, ko’ngli vayrondek his qilasiz. Bunga gormonal o’zgarishlar sabab. Yoninggizdagi go’dak bilan yotib yig’idan yostig’inggiz ho’l bo’lishining sababi shu. Farzandli bo’lgan ayolning hayotida boshqa vaqtga nisbatan birinchi oylarida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, tuqqan ayollarning50-75 %ida depressiya qaysidir ma’noda bo’ladi. Agar erkaklar bola tug’ib, emizishganida bu holat, shibhasiz, 100 % ni tashkil qilardi. Tug’ruqdan keyinggi depressiya sizning jismoniy, ruhiy va aqliy imkoniyatlaringgiz yanggi sharoitga moslashishga ko’p kuch sarflayotganini xabar beradi. Agar hammasiga ulgurmasangiz hafa bo’lmang. Axir bir vaqtning o’zida yaxshi oshpaz, yaxshi uy Bekasi va yaxshi ona bo’lish oson emas. Kichkintoyinggiz hademay katta bo’lib qoladi. Sizning qiyinchiliklaringiz uzoqqa bormaydi.
“Endi biz uch kishimiz”
Farzandinggiz ustida qanday rejalar tuzib, uni qanchalar kutganingizga qaramay, bu talabchan kichkina odamchaning hayotinggizni qanchalar o’zgartirib yuborganiga hayron qolasiz. Agar oqibatini yaxshilab o’ylab harakat qilsangiz, oilaviy hayotinggizni yanggi bosqichiga o’tish pallasidagi muammolar osonlashadi. Yosh otalar odatda, turmush o’rtoqlarining ularga e’tibor qilmayotgani, ko’p vaqtini bolaga sarflaganidan shikoyat qiladi. Onaning bola bilan ko’proq ovora bo’lib qolishi, oldingidek eriga ko’p vaqt ajrata olmasligi tabiiy hol. Ona organizmidagi tug’ruqdan keying o’zgarishlar haqida eslasangiz, buning sababini tushunasiz. Aziz otalar, farzandinggiz sizning o’rningizni egallagani yo’q. faqatgina ayolinggiz avval siz uchu sarflagan quvvatining, vaqtining bir qismini endilikda kichkintoyinggizga sarflayapti. Ayolinggizga ko’maklashsangiz, uning siz uchun ham vaqti qoladi.
Tug’ruqdan so’ng qomatni qanday chiroyli saqlab qolish mumkin.
Tug’ruqdan so’ng bir necha oy davomida tananggiz homilani ko’tarib, tuqqaninggiz xabarini berib turadi. Homiladorlik vaqtida to’plangan ortiqcha vazn-tabiiy hol. To’qqiz oy davomida to’plagan vazninggizni sog’lig’inggizga zarar yetkazmaydigan holda yana shuncha vaqt mobaynida tashlaysiz. Tug’ruqdan so’ng tez vazn tashlashga harakat qilmang. Tug’ruqdan so’ng bir oy davomida umuman og’ir harakat qilmang. Ozish uchun mashqlar bajarmang.
Go’dak uchun tayyorlanadigan narsalar
Ota-ona bo’lishingizni bilgan kuninggizdan boshlaboq siz jurnal va reklamalarda beriladigan bolalar kiyimi, o’yinchoqlar, belanchak va aravachalarga o’zgacha e’tibor bilan qaray boshladinggiz. Endilikda farzandingiz tug’ilishiga yaqin orzularingizni amalga oshirishingiz mumkin. Qiz bola kutayotgan bo’lsangiz, chiroyli o’yinchoqlar, Pushti kiyimlar va choyshablar sotib olasiz. O’g’il kutayotgan bo’lsangiz ham, hamyoningizni katta ochib bozor qilasiz. Lekin, shoshilmang. Go’dagingiz uchun olishingiz zarur bo’lgan narsalar unchalik ko’p emas.
Kichkintoyingizning sarpolari
Homiladorlikning 34-haftasidan so’ng bolanggizga oladigan narsalaringizni rejalagangiz ma’qul.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.