Biz yuqorida erta ta’lim haqiqatlarini turli xil hayotiy misollar orqali yoritdik. Yangi tug’ilgan chaqaloq eng yaxshi kuzatuvchi bo’lib, uni o’rgatib o’stiradigan inson onadan boshqasi emas. Bola tug’ilgandan uch yoshgacha shaxs bo’lib yetishishidagi eng muhim davr ona qo’liga to’liq ishonib topshiriladi. Bunday ajoyib xazinaning yashab qolishi yoki yo’q bo’lishi tug’ilgandan boshlab onaning bola ta’limini qanday olib borganligiga bog’liq. Bu bo’limda maktabgacha ta’limda ko’rinadigan ota-onalarning roli haqida odatdagidek bilganlarimni ochiqchasiga aytmoqchiman.
Yaponiyadagi zamonaviy ta’lim tizimida maktabni bitirgan barcha yoshlar, kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyi yoki mulkiy holatidan qat’i nazar, oliy ta’lim muassasasiga kirishlari mumkin. Bu o’z-o’zidan ajoyib, ammo bu tizim bir yomon jihatni vujudga keltirdi – oliy ta’lim asosiy maqsad sifatida ko’rila boshlandi va ortiqcha baholandi.
Oliy ta’limsiz yaxshi martabaga erishish mumkin emas deb o’ylanadi, shuning uchun hamma o’qiydi. Yaxshi universitet diplomi nufuzli tashkilotdagi ishni kafolatlaydi. Hamma bir yo’ldan boradi, boshlang’ich maktabdan boshlab imtihonlarni ketma-ket topshiradilar. Shuning uchun erta tarbiyaga ota-onalar tomonidan imtihonlarni topshirishga asoslangan uzun yo’ldagi birinchi qadam sifatida qaraladi.
Bizning tez o’zgarayotgan dunyoda hozirgi qadriyatlar qanchalik uzoq turadi? Bugun qadrli bo’lgan narsa ertaga hech qanday qiymatga ega bo’lmasligi mumkin. Bugungi bola yigirma-o’ttiz yildan keyingi holatdagi qadriyatlar haqida gapirishi qiyin.
Bugungi kun qadriyatlaridan kelib chiqib tarbiya qilsangiz, sizning farzandingiz kelajak uchun keraksiz kadr sifatida ulg’ayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.