Chet eldan qaytganimdan keyin e’tiborimni tortgan narsa ko’pchilik yaponlarning shalvirab yurishi edi. Professor Kuno Akutsu “Yaponiya erta rivojlanish uyushmasi” topshirig’iga binoan tadqiqotlar o’tkazdi. Unga ko’ra, yurishdagi qadqomatning tekis bo’lmasligi go’daklikda jismoniy mashg’ulotlarning yetarli bo’lmaganligidan ekan.
Bolalar eng erta holatda sakkiz oydan yurishni boshlaydilar. Agar shu yoshda asosiy harakatlar mashq qildirilmasa, ular hech qachon ularni to’g’ri bajarmaydilar. Chunki bunga javob beradigan miya tizimi asoslari kerakli ko’nikmalarga ega bo’lmaydi. Shu ma’noda, yurishdagi erta mashqlar ham xuddi musiqa yoki xorijiy til darslari singari muhimdir.
Men ota-onalarni quyidagilarga ishontirish uchun bolaning jismoniy tarbiyasi haqida batafsil aytib o’tmoqchiman. Birinchidan, asosiy harakat ko’nikmalarini chaqaloqlik davridan mashq qildirish kerak. Ikkinchidan, to’g’ri jismoniy tayyorgarlik go’dakning aqliy qobiliyatini go’zal ravishda rag’batlantiradi.
Go’daklikda bolaning miyasi tanadan alohida rivojlanmaydi. Aqliy rivojlanish jismoniy va sensor rivojlanish bilan parallel ravishda kechadi. Masalan, suzish nafaqat mushaklarni, balki sezgi reflekslarini ham rivojlantiradi.
Professor Akutsuning yozishicha: “Jismoniy mashqlar barcha organlar faoliyatini yaxshilaydi va bolaning tashqi stresslarga chidamliligini oshiradi”. Bolani faqatgina ovqatlantirib, g’amxo’rlik qilsangiz ham o’saveradi. Ammo unga boshqa narsa bermasangiz, tug’ilganida ega bo’lgan qobiliyatlari rivojlanmaydi. Jismoniy mashqlar bola rivojlanishining eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Mashqlar mushaklar, suyaklar, ichki organlar va miya rivojlanishini kuchaytiradi. Erta yurishni boshlagan go’dakning zehni juda o’tkir bolishi kuzatilgan. Bu esa qizg’in jismoniy mashqlar uning aqliy qobiliyatini rivojlantirganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.