Kardiolog Artur Agatston va dietolog Mari Almon tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, Amerika kardiologiya assotsiassiyasi tomonidan tavsiya qilingan Ornish va Pritikan dietalarini alternativi xisoblanadi. Bu kam yog’li dieta deb xam ataladi. 1980-yillarda bu dietani yurak qon-tomir kasalligini davolashda Agatston o’z bemorlarida qo’llagan bo’lsa, 2000-yillarga kelib, ozish uchun eng effektiv usul sifatida mashxurlikka erishgan. Janubiy plyaj dietasi oddiy tamoyilga asoslangan: “Yomon” uglevodlar va yog’larni “Yaxshi” uglevolar va yog’larga almashtirish. Agatstonning fikricha, glikemik indeksi (GI) past maxsulotlar “Yaxshi” va GI si yuqorilari esa “Yomon” uglevodlardir. Janubiy plyaj dietasini transyog’lar qoniqtiradi, lekin to’yingan yog’larni ta’qiqlaydi, ularni to’yinmagan yog’larga boy maxsulotlar bilan almashtiradi. Misol uchun, yog’li go’sht va parranda go’shtlarini yog’siz go’sht, yong’oqlar va yog’li baliqlar bilan almashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.