Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi”, – deyishadi. Boshqa tomondan, insonda nafaqat guruhda yashash hissi, balki “men”ini anglash tuyg’usi uni boshqaradi. Demak, u doimo ijtimoiy va shaxsiy hayot o’rtasida uyg’unlik izlamog’I lozim. Agar muvozanat o’rnatilmasa, u jamiyatga moslasha olmaydi.
Bu uyg’unlikka erishish erta rivojlanishga bevosita bog’liq. Fikrimcha, bunga faqatgina erta shakllangan fikrlash, ya’ni o’ziga nisbatan hurmat huquqi va jamiyatga bo’lgan mas’uliyat tuyg’usi asosida erishish mumkin. Bunday fikrlashni bolalar muloqoti asosida hosil qilish mumkin.
Ikki yosh atrofidagi bola uchun yolg’iz o’ynashning qizig’i qolmaydi. U boshqalar bilan o’ynay boshlaydi va birinchi marotaba guruhda qanday munosabatda bo’lishni o’rganadi. Tabiiyki, uning talabi qondirilmasa, yig’laydigan holatlari ham bor. Yoki o’z talabini qondirish uchun do’sti bilan janjallashib, sherigini yig’latishi ham mumkin. Bola do’stlari bilan ahil bo’lib o’ynayotganda va urishib-talashayotganida jamoada yashashni o’rganadi. Janjallar muhim, chunki ular shaxsiy tashabbusni rivojlantiradi.
Bolalar o’rtasidagi janjallarni uch turga ajratish mumkin: bolaning o’z raqibidan ustun kelishi, boshqasiga yon berishi va qilmishiga yarasha javob berishi. Janjal turlari yoshiga qarab turlicha boladi. Masalan, ikki yoshda bola janjalning sust ishtirokchisi bo’lsa, uch yoshida o’zi urush keltirib chiqaradi. Bu bolada shaxsiy “men” tushunchasining shakllanayotgani va namoyon bolayotganidan dalolat beradi.
Bolalar o’rtasidagi kelishmovchilikning sabablari turlicha: o’yinchoq, chang’i, arg’imchoq uchun kurash yoki haqorat qilish, sababsiz janjal bo’lmaydi. Sabablarini tushuntirmasdan, bolaga janjallashish yomon deb uni urishish va o’rgatish unda hamkorlik hissiyotini rivojlantirishga yordam bermaydi. Aytish mumkinki, bolalar janjaliga aralashish ularning jamiyatda yashash qobiliyati rivojlanishiga xalaqit berishdir. Bolalarning o’z mantig’i bor va ular bir-birlari bilan o’zlaricha so’zlashadilar. Bu yerda katta odamning mantig’i o’rinsizdir. Agar bolalar janjaliga kattalar fikricha qarab, ularga urishish mumkin emas va boshqalar bilan janjallashuvchi bola yomon bola deb tushuntirsangiz, farzandingiz o’z qobig’ida qoladi va g’azablanadi. Janjallar jamoa orasiga kirganda boshlang’ich sinovdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.