Ayol erkak kabi tug’ilishi bilan xususiy mulk huquqiga ega bo’ladi. Masalan, birov unga mol hadya qilsa, yo meros olsa, u qiz bolaning shaxsiy mulki hisoblanadi. Nikohdan keyin ham ayolda mulk huquqi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, ayol kishi oldi-sotdi, tijorat, shirkat, muzoraba, ijara kabi moliyaviy muomalalarni bajarish huquqiga ega. Islomdan oldin ayol kishi merosdan mutlaqo mahrum qilinar, eri o‘lganda esa ayolni erning qarindoshlaridan biri meros tariqasida olar edi. Keyin xohlasa o‘zi xotin qilar, xohlasa boshqaga erga berib, mahrini o‘zi olar edi. Islom bu zolim hukmlarni rad etib, ayol kishining ham merosdan nasibasi borligini e’lon qildi.
Alloh taolo Niso surasida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 87-I-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 1979 yil 18 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi haqida»gi qaroriga[1] asosan O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga qo‘shilgan. Ushbu Konvensiyaga ko‘ra ishtirokchi davlatlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa sohalarida xotin-qizlarning kamsitilishiga barham berish, shu bilan birga erkak va ayollarning tengligi asosida ularning teng huquqlarini ta’minlash borasida tegishli barcha choralarni ko‘radilar, jumladan quyidagi huquqlarni ta’minlaydilar:
a) oilaviy nafaqa huquqi;
b) zayom, ko‘chmas mulk hisobiga qarz va boshqa shakldagi moliyaviy kreditlarni olish huquqi;
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.