Boshqa dinlarda esa jannat faqat erkaklar uchun, degan aqidaga asoslanadi. Shuningdek, «ayolning ruhi yo’q», degan e’tiqod yaqin zamonlargacha mavjud bo’lib kelgan.
Injilda jannatdan chiqish va Alloxni g’azablantirishning sababi ayol deb kursatilgan. Xatto g’arbda o’rta asrlarda “ayol shaytondir”, degan fikr mavjud bo’lgan. Islomda esa jannatdan chiqishga sabab shayton ekani ta’kidlangan: «Bas, ularni ozdirib, maskanlarida chiqardi” (Baqara, 36). Nasroniy dinida xomilador bulish va tug’ish og’riqlari ayolga jazo sifatida berilgan, deyiladi. Injilning 3-bob, 16-oyatida: «Qachon xomilali bulsang, bolani og’riq va qiyinchilik bilan tug’asan va xujayiningning xoxishiga kura yashaysan», – deyilgan. Islomda esa xomila va qiyinchiliklari sharaf bo’lib, sabr qilganga juda katta mukofot va savob va’da qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.