Itning bolasi it, bo’rining bolasi bo’ri bo’lganidek, odam bolasi ham odam bo’lishi aniq va ravshan. Lekin muhit ta’siri sababli bu aniqlikka mos kelmaydigan bir hayotiy misol keltiraylik. Bu yosh opa-singil bo’rilar – Amala va Kamala voqeasidir. Bu haqda muqaddimada ham biroz to’xtalib o’tganman. 1920-yil oktyabr oyida Hindistonning Kalkutta shahri janubi-g’arbidan taxminan bir yuz o’n kilometr uzoqlikdagi o’rmonda, bo’ri g’orida inson qiyofasidagi ikkita hayvon borligi to’g’risida mishmishlar tarqaldi. Missioner sifatida kelgan er-xotin ruhoniylar buni eshitib, g’orni tadqiq qildilar va uning ichidan ikkita hayvonni topdilar. Ular, shubhasiz, inson bolalari edi. Yoshlari taxminan sakkiz va bir yarim yoshda edi. Hayvon emas emas, inson bo’lgan opa-singillarga Kamala va Amala deb ism qo’yilib, Midnapur o’z qaramog’iga olib, insoniy ta’lim bera boshlaydi. Er-xotin cheksiz muhabbat va sabr bilan opa-singillarga insoniy fazilatlarni singdirishga har qancha urunishmasin, go’dakligida bo’rilar tarbiyasini olgan opa-singillar avvalboshda bo’rilarga xos xatti-harakatlardan voz kecha olmadilar. Uy ichida to’rt oyoqlab yurib, odam qo’lini cho’zsa, sakrab kelar edilar. Kun o’rtasida qorong’i xonaga kirib, bo’ri kabi ovoz chiqarib uvillar, devorga yuzlanib bukilib yotar, kech tushishi bilan g’amgin uvlay boshlar edilar. Ovqatlanganda ham aynigan go’sht, tirik jo’jalarni yer edilar.
Shunda ham er-xotin sabr-toqat bilan kutishidi. Ikki oy o’tgach Amalaning “buu” deb tili chiqa boshladi. Ammo bir yil o’tib u vafot etdi. Opasi Kamala esa uch yil o’tib, nihoyat, odamlar kabi qaddini tutib, ikki oyoqda yura boshladi. Lekin teskari harakat qilayotganida to’rt oyoqlab yurish odatini tashlay olmadi. Insonlar orasiga qaytganidan so’ng to’qqiz yil ichida o’rgangan qirq beshta so’zdan boshqasini gapira olmadi. O’n yetti yoshidan vafotiga qadar aqli uch yarim yosh darajasida qotib qoldi.
Shunga о’xshash yana bir voqea bor. Afrikaning Mozambik Respublikasi changalzoridagi hodisa. Bir kuni yoshgina ayolning yangi tug’ilgan chaqalog’i yo’qolib qoladi. Shundan bir necha oy o’tib gamadrillar[1] orasida gamadril ko’kragiga yopishib olgan odam bolasi topildi. Gamadrildan bolani qaytarib olishga har qancha urinmasinlar, uni tortib ololmadilar va oxiri taslim bo’ldilar. Shundan so’ng o’n to’qqiz yil bola odamlar orasiga qaytmay, gamadrillar bilan o’n to’qqiz yil yashadi va boshqa gamadrillar bilan to’da boshlig’i mavqeyi uchun kurashib, gamadrillar xo’jayiniga aylandi. Keyin u o’ziga daraxt tepasida uxlaydigan joy qurdi. Panjarali kichik uychada mukammal qayta ta’lim olishni boshlagan gamadril bola, nihoyat, narsalarni qo’lda yeb, ikki oyoqlab yuradigan bo’ldi.
[1] Gamadril – yirik maymunlarning bir turi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.