Xorijga ketgan vaqtimdagi voqea. Bir restoranga ovqatlanish uchun borgan edim. Oldimdagi stolda ikki yoshlardagi bolasi bilan kelgan yosh ota-ona ovqatlanayotgan edi. Ammo qandaydir yomon kayfiyatdagi bola jahl qilib ovqatlanmas edi. Shunda yosh ona bolasini qattiq koyib, orqasiga tarsaki urishgacha bordi. Keyin bola yig’lab baqirsa-da, o’zlari ovqatlanib bo’lgunga qadar bolaga umuman e’tibor bermadilar.
Yaponiyada bunday vaziyatda onalar atrofdagilarni bezovta qilaman degan o’yda, qanday bo’lmasin, bolani yupatishga urinib barcha mumkin bo’lgan narsalar bilan bolaning kayfiyatini ko’taradilar. Yana atrofdagilar ham onaga tanqid ko’zi bilan qaraydilar.
Bu ikki misolni taqqoslaganimizda xorijdagi onani, balki, yaponlar “ta’lim onasi” deb tanqid qilishar. Lekin “ta’lim onasi” ko’p bo’lgani yaxshi. Miyadagi hujayra tarmoqlari hali shakllanib bo’lmagan ikki yoshgacha bo’lgan bolalarni hayvonlarni qo’lga o’rgatgandek tarbiya qilishda kata ma’no bor. Buni amalga oshirishda “ta’lim onasi” usulidan boshqa usul yo’q.
Shuningdek, bunda atrofdagi odamlar ham ikki yoshgacha bo’lgan bolasida intizom o’rnatayotgan shijoatli yosh onani qo’llab, iliq ko’z bilan qarashlariga umid qiladi. Ammo hayvonlarni takrorlatib qo’lga o’rgatgandek bolani ham o’rgatsa bo’ladigan davri ikki yoshlarda tugaydi, so’ng uning o’z xohishlari paydo bo’la boshlaydi. Bu onalar “ta’lim onasi” uslubini tugatadigan davr hamdir. Bu davr kelganda bola istaklarini e’tiborga olmay o’zingizning xohshingizni o’tkazishingiz unda aks tuyg’u uyg’otib, ahamiyatli sanalgan “ta’lim onasi” befoyda bo’lib qoladi.
Lekin bolaning o’z xohishini bajara boshlaydigan ikki yoshdan o’tgach, Yaponiyada “ta’lim onasi” usuli qo’llash birdan kuchayadi. “U mumkin emas, bu mumkin emas”, – deb shu paytgacha mehribon, muloyim bo’lib kelgan ona birdan qattiqqo’1 onaga aylanadi. Ikki yoshgacha qattiqqo’1 “ta’lim onasi”, undan keyin esa mehribon ona bo’lsa, bola ta’limi uchun ideal ona timsoli sanaladi.
Albatta, bunday aniq qarorga kelib bo’lmaydi-yu, lekin onalarimiz asl munosabatlarida shu tomonlarni e’tiborga olishi muhim deb o’ylayman.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.