“So’qir vazirlar qurshovida bo’lgan ahmoq qirоl, – deb kimdir yangi tug’ilgan chaqaloq va uning har bir istagiga bo’ysunadigan ota-onasini ta’riflab yozgan edi.
Qirol qanchalik ahmoq bo’lmasin, u hali juda yosh, asosiysi, deyarli kun bo’yi uxlaydi. Bu davrda ota-ona u bilan unchalik qiynalmaydi. Ammo u ikki-uch yoshlarida xudbin bo’lib qoladi va nazoratdan deyarli chiqadi. Shunda ota-ona farzandini jilovlay boshlaydi. Ular, bola biror narsani “noto’g’ri” qilsa, koyiydilar va jazolaydilar, birdan sodiq muxlisdan qattiqqo’1 enagaga aylanadilar, ammo bolaning ushbu rivojlanish bosqichida bunday harakatlar kutilgan natijani bermaydi.
Bola hayotining birinchi yilida ota-onalar anglamagan holatda o’zlarini “so’qir vazirlar”dek tutib uning tarbiyasini buzganlar. Taxminan ikki-uch yoshlarida bolada shaxsiy g’urur hissi shakllanadi va u o’z “men”ini himoya qilishga tayyor bo’ladi. U o’z ota-onasini eshitmaydi, uni qanchalik ko’p koyishsa va jazolashsa, shunchalik ko’p itoatsiz va injiq bo’lib boradi. Ota-onasi esa yanada achchiqlanadi. Bunday tang ahvolning oldini olishda birgina yo’l bor: bolani bir yoshga to’lishidan avval, ya’ni unda “men” tuyg’usi paydo bo’lguniga qadar tartib va tarbiyaga chaqirish va o’rgatish.
Oddiy misol keltiramiz. Bola tug’ilishi bilan vaqtni to’g’ri taqsimlashni odat qilib, qat’iy ravishda jadvalga muvofiq ovqatlantirilishi kerak. Shunda u ortiqcha ovqat yemaydi va to’shakda peshob qilish odatidan tezda xalos bo’ladi, siz esa kelajakda bunga qarshi kurashish uchun ortiqcha kuch sarflamaysiz. Bundan tashqari, oz-ozdan ovqatlanishga odatlangan bola kelajakda ortiqcha vazn muammosiga uchramaydi, boshlang’ich ta’lim o’uvchisi bo’lganida esa qabziyatdan qiynalmaydi. Agar bunga e’tibor bermay, “erkin” tarbiya tamoyillariga amal qilinsa, bola uchun bu falokatga aylanadi. Bola hali yoshiga to’lmagan davrlarda qattiqqo’llikni qattiqqo’llik deb his qilmaydi, qamchini qamchi sifatida bilmaydi.
Ikki-uch yoshdan o’tgan bola esa qamchining og’rig’ini yaxshi biladi. Shuning uchun avval bolani faqat erkalatib, keyin qattiqqo’llik qilinsa, unda norozilik kayfiyati kuchayadi. Ota-ona kutayotgan natijaning aksi yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.