Boladagi o’zgarishlar: Eshitish a’zolari shunchalar yaxshi rivojlanganligidan endilikda homila uchun tashqi dunyodagi tovushlar hayotining bir qismiga aylangan. Uning uchun engyoqimli va tinchlantiruvchi kuy – onasining yurak urishidir. Tug’ilganidan so’ng ham ancha vaqtgacha onasining qo’lida o’ziga tanish usuldan mast bo’lib tinchlanadi. Ota-onasining ovozini boshqalarnikidan farqlay oladi. Asosiysi bu ovozlar sokin va xayrixoh ohangda bo’lsin. Budavrda homilaga baland ovozda bo’lmagan mumtoz kuylar yaxshi ta’sir etadi, shovqin-suronli musiqalar, tekshiruvlar ko’rsatishicha, uning asab tizimiga salbiy ta’sir etadi va g’ashiga tegadi.
Bola bachadonni to’ldirib yotgan bo’lsa ham, hozircha aylanishi mumkin. Tanasi mayin tuklar bilan qoplangan, oyoqlarini chalishtirib yig’ib olgan, qo’llari ko’kragi tomon tortilgan. Kichkina barmoqchalaridagi tirnoqlari hali butunlay qoplanib ulgurmagan. U kulishi yoki qovog’ini solishi mumkin. Onasi chekkanida, tamaki isi bor xonada bo’lganida, asabiylashganida undan ozorlanadi. O’g’il bolalarda tuxumlar moyak xaltasiga tushadi (ungacha ular qorin bo’shlig’ida joylashgan edi).
Onadagi o’zgarishlar: Bu vaqtga kelib, siz haqiqatda sezilarli darajada vazn orttira boshlaysiz. Vazn ortishi homilador ayol organizmidagi tabiiy o’zgarishlar oqibatidir. Deyarli har bir homilador ayolda o’lchovlari ortishi va sut bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Ayollarda ko’krakning o’rtacha og’irligi taxminan 200 gramm chiqadi, homiladorlarda esa bu ko’rsatkich 780 grammgacha yetadi! Ba’zi ayollarda 27 haftalik muddatda og’iz suti ajralishi mumkin. To’plagan vazningizning ko’p qismi homila atrofidagi suvlar va qon hajmining ortishi bilan bog’liqdir va, albatta, kichkintoyingizning og’irligi va yo’ldoshni ham unutmaslik lozim. Natijada esa to’plagan orttirgan vazningiz hisobidi juda arzimas qism bo’lib qoladi. Butun homiladorlik davrida ayol o’rtacha 11-13 kg.ga to’lishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.