Boladagi o’zgarishlar
Homilaning vazni 750 gr, uzunligi esa 32,5 sm.
Bu davrdagi eng muhim hodisa: homila miyasi endokrin tizimidagi muhim element – buyrak usti bezlari qobig’i bilan mustahkam aloqa o’rnatadi. Bu birikish natijasida ular ishlab chiqargan gormon bolaning tug’ilganidan keyingi hayotiga moslashishiga juda zarur. Gipofiz yetilib qolmoqda. Endilikda u ona organizmidan mustaqil ravishda o’sishga javobgar gormonni ishlab chiqarmoqda. Kichkintoyingiz sizni, atrofingizdagilarni va ichingizdagi tovushlarni eshitmoqda. Aslida u bularni ilgariroq ham eshitardi, lekin hozirgisi yuqoriroq darajada. Ilgari bolajoningiz faqatgina yuragingiz urishini, ichaklaringiz g’uldirashini, vannaxonadagi suv shovqini va changyutgich ovozlarini eshitardi. Endilikda u bilan chiroyli musiqalarni, tabiatdan yozib ovozlarni tinglab, suhbatlashishingiz mumkin.
Onadagi o’zgarishlar
Homiladorlikning bu bosqichida bo’lg’usi onada yangi jismoniy va ruhiy o’zgarishlar kuzatiladi. Avvalgi homiladorlik alomatlaridan ba’zilari kuchaysa, ba’zilari kamayadi. Bular quyidagi alomatlardir:
Qo’ldagi shishlar to’qimalarda suyuqlikning to’planib qolishi natijasidir. Tunda uxlayotganin- ongizda bu shishlar va ularning ortidan kelib chiqa- digan oqibatlar sizni bezovta qilishi mumkin. Oyoq-qo’llaringizga ortiqcha bosim bo’ladigan holatda yotmaslikka harakat qiling. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida oyoqdagi tomir tortishishlar ko’p uchraydigan holatdir. Xayriyatki, buning oldini olish yoki undan xalos bo’lish ilojisi bor.
Homiladorlardagi tomir tortishishi ularning organizmida fosforning ko’p miqdorda bo’lishi yoki kalsiy yetishmasligi oqibatidir. Tarkibida kalsiy bo’lgan, ammo fosfor bo’lmagan dorilarni qabul qiling. Iste’mol qiladigan mahsulotlaringizga ham e’tibor bering. Qo’l va oyoqlarda tomir tortishishi, shuningdek, charchoq natijasi ham bo’lishi mumkin. Ularni kamaytirish uchun yotganingizda oyoqlaringizni balandroq qilib yoting. So’nggi chora sifatida shifokorga muammoingizni aytsangiz, u qon quyilishi bor-yo’qligini aniqlaydi va shunga qarab davo choralarini ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.