Boladagi o‘zgarishlar:
Homilangiz hali ham bachado ichida o‘zi xohlaganidek aylanib yuribdi. Bu unin bugun boshi pastda bo‘lsa, ertaga ertalab ko‘ndalan kechqurun esa umuman boshqa vaziyatda joylashishin bildiradi. Bu boradagi sizning tuyg‘ularingi o‘yinqaroqlik bilan o‘mbaloq oshayotga kichkintoyingizni hech ham qiziqtirmaydi Homiladorlik muddatining so‘nggi uch oyligi oxirid bola shu holatlarning birida aylanishdan to‘xtaydi. Homilaning og‘irligi taxminan 420 gramm, uzunligi esa – 27,5 santimetr.
Onadagi o‘zgarishlar:
Homilador ayolga to‘g‘ri o‘tira olish katta ahamiyatga ega. Sababi o‘tirganda umurtqaga tushadigan og‘irlik boshqa holatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. O‘tirganda bel og‘riqlari bezovta qilmasligi uchun bir qator qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi. O‘tirganingizda oyoqlaringizni chalishtirmang. U qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir etadi va ortiqcha og‘irlikka sabab bo‘ladi. Oyoqlaringiz ostiga taglik qo‘yib oling. Avtomashinada o‘tirganingizda o‘rindiqni oldinga surib, bir oyog‘ingizni ko‘tarib bukib oling. O‘tirgan stulingizning suyanchig‘i umurtqaga tayanch bo‘ladigan bo‘lsin. Turayotganingizda tiraladigan tutqichlari mustahkamligiga e’tibor qiling. Uzoq vaqt bir yerda o‘tirmang. Bir soatcha o‘tirib dam olganingizdan so‘ng tanaffus qilib ozgina yuring yoki yoziladigan mashqlarni bajaring. Homiladorlikning beshinchi oylarida oyoq kaftlari shishishi mumkin. Gohida esa oyoq kiyimingizni bir o‘lchamga kattarog‘ini olishingizga ham to‘g‘ri keladi. Buning bir qancha sabablari bo‘lishi mumkin: shishganlik; vazn ortishi; ona organizmining tug‘uruqqa tayyorlanish jarayonida bo‘g‘imlarning bo‘shashishi. Bu davrda oyoqlarning iloji boricha kamroq shishishiga harakat qilish kerak. Oyoq kiyimingiz yengil, qulay, past poshnali va sirpanmaydigan bo‘lsin. Agar iloji bo‘lsa, ishxonada ham uyda kiyiladigan qulay oyoq kiyim kiying.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.