Boladagi o‘zgarishlar:
Kichkintoyingiz o‘zining ilk «qadamlarini qo‘ya boshladi». U o‘mbaloqoshib, oyoqlarini tipirchilatib tepib, atrofidagi olamni o‘rganmoqda. Hazm qilish tizimi yetarlicha rivojlangani uchun atrofidagi suvdan ozgina yutib yuborsa, undagi kand moddasi ichakka so‘riladi. Bu yangi oziqlanish usulini o‘zlashtirishning boshlanishidir.
Onadagi o‘zgarishlar:
Ko‘kragingiz kattalashgan, so‘rg‘ichlaridan rangsiz suyuqlik – og‘iz suti ajralishi mumkin. Uni ro‘molcha bilan arting. Aslo siqib chiqarishga harakat qilmang. Soch va tirnoqlaringiz tez do o‘smoqda. Tuklar kutilmaganda yoqimsiz yerlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Orqa teshikdan qon ketishi homiladorlik uchun xavfli emas. Ko‘pincha bunga gemorroy sabab bo‘ladi. U homiladorlarda uchrab turadi. Bu kasallikning sababi qabziyatda to‘g‘ri ichak qon tomirlarining kengayishidir. Bunday qon tomir kengayishlari og‘riq, qon ketishlariga olib keladi. Orqa teshikdan qon ketishi boshqa jiddiy kasalliklar belgisi ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu sharoitda faqatgina shifokor to‘g‘ri tashxis qo‘ya oladi.
To‘g‘ri ichakdagi tomirlar kengayishining oldinі olmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlarga rioya qiling:
qabziyat bo‘lmasligiga harakat qiling Taomnomangizda biriktiruvchi to‘qimalarga boy bo‘lgan mahsulotlarga ko‘proq e’tibor qarating;
to‘g‘ri ichak tomirlariga ortiqcha bosim bo‘lmasligі uchun yonboshlab yoting;
uzoq vaqt bir yerda turish va o‘tirishdan saqlaning
dori va dorivor shamlardan faqatgina shifoko tavsiyasi bilan foydalaning;
suyuq vazelinni qo‘llash mumkin emas;
bo‘shanganingizdan so‘ng iliq suv bilan oldinda orqa tarafga qarab chaynik;
faqat yonboshingizda yoting. Bunda to‘g‘ri icha bachadon bosimidan xoli bo‘ladi. Bunday ko‘ngilsizliklar odatda tug‘uruqdan so‘n o‘tib ketadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.