Boladagi o’zgarishlar
Homilaning uzunligi 30 sm.ga yetib qoldi. Og’irligi 700 gr chiqadi. Muskullari rivojlanib, skeleti o’sish va mustahkamlanishda davom etmoqda. O’pkada o’zgarishlar kuzatilmoqda. Ilik jadal rivojlanib, vazifasiga kirishmoqda.
Onadagi o’zgarishlar
25-haftaga kelib, bachadon odatda tos suyagidan 25 sm yuqorida bo’ladi. Bu o’lchov eng keng tarqalgan tekshiruv usullaridan bo’lib, homila qanday rivojlanayotganini aniqlashga yordam beradi. Agar o’lchovlar me’yorga to’g’ri kelsa, demak, hammasi joyidi, homila yaxshi o’smoqda. Agar bachadon me’yor o’lchovlaridan kam bo’lsa, xavotirlanishga asos bor. Homilaning o’sishdan orqada qolishiga bir qancha sabablar bo’lishi mumkin.
Ba’zida aksincha ham bo’lishi mumkin: bachadon o’lchovi belgilangan me’yordan ortiq bo’ladi. Bu sergak torttiradigan holatdir. Haddan tashqari katta bachadonyoki egizaklardan, yoki homila atrofidagi suvning ko’p miqdordaligidan xabar beradi. Bunday asoratga (aynan asorat) odatda infeksiya sabab bo’ladi. Ular bola oldirganda, bola tushganda paydo bo’ladi.
Homila atrofidagi suvning ko’p miqdordaligini UTT aniqlaydi. Lekin bunday asoratni shifokor ko’rik vaqtida ham aytadi. Agar suv ko’payishi asta-sekin bo’lsa, qo’rqinchli emas. Kutilmaganda ozgina vaqt oralig’ida suv ko’payib ketsa, vaqtidan ilgari tug’uruq orqali bolani olib tashlashadi. Bu fojiali vaziyatdir. Unga homilaning normal holatda emasligi, homila qobig’ining to’g’ri rivojlanmasligi yoki bolaga ta’siri noma’lum bo’lgan bachadondagi o’tkir infeksiya sabab bo’lishi mumkin. Homilador ayolda mioma bo’lsa ham, bachadon juda katta bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.