Boladagi o’zgarishlar
Kichkintoy o’sib, katta bo’lmoqda. Hozirda uning uzunligi 6-9 mm. Jigar qon aylanishining markaziga aylandi. Qizilo’ngach, nafas olish yo’llari, qorin old devorchasi rivojlanadi. Ingichka ichak va ko’krak qafasi shakllana boshlaydi. Og’ir vaziyatlarda insonga yordam beradigan eng muhim bez – buyrak usti bezlarining ustki qatlamiga asos solinadi. Bosh miya jadallik bilan rivojlanadi. Yuz ma’lum bir shaklga ega bo’ladi, lekin ko’zlar hali yon tarafda joylashgan va qattiq yumuq holatda bo’ladi. Oyoq va qo’llar aniq ko’rinadi. Yurak homila tanasi bo’ylab qon hayday boshlaydi. Umumiy qilib aytganda, markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. Suyak hujayralari rivojlana boshladi.
Onadagi o’zgarishlar
Ko’pchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi oyida jismoniy va ruhiy o’zgarishlarga duch kelishadi:
2-oydagi laboratoriya tekshiruvlari:
Qindan surtma olinadi.
VICh va zaxm kasalliklarining tekshiruvi uchun qon tahlili olinadi.
Qon va peshobning umumiy tahlili olinadi.
XG gormonini aniqlashga peshob topshiriladi, bu gormon orqali homiladorlikning kechishi aniqlanadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, homiladorlikning ilk haftalaridagi tavsiyalarga amal qiling. Agar hali ham chekishni tashlamagan bo’lsangiz, tezda bunday zararli odatdan voz keching.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.