Belgilangan kun o’tib ketdi, lekin hali ham tug’madingizmi? Xavotirlanmang, faqatgina 4% ayollar tayin qilingan muddatda tug’adilar, 98% esa 1-2 hafta oldin yoki keyin tug’adilar. Ko’p hollarda bu tabiiy hol hisoblanadi. Birinchi bor homilador bo’lgan ayollar bundan sarosimaga tushishadi. Xavotirga o’rin yo’q, balki homiladorlik muddatini aniqlaganingizda xatolikka yo’l qo’ygan bo’lishingiz mumkin. Lekin ko’p hollarda homiladorlikning 42-haftasidan so’ng bola tug’dirib olinadi.
Homiladorligingiz vaqti o’tib ketdimi, yo’qmi – buni shifokoringiz aniqlaydi. Uni bir qancha usullar bilan bilish mumkin. Homilador ayolning bolasini birinchi harakatlarini sezgan kuni, birinchi yurak urgan kuni, ultrasonogafiya, ultratovush tekshiruvi usuli orqali aniqlash mumkin. Agar homiladorligingiz muddati o’tgani aniqlansa, tug’uruq boshlanishiga harakat qilishadi. Vaqtidan o’tib tug’ilgan go’daklar ozg’in, terisi quruq, burushgan bo’ladi. Tirnoq va sochlari uzun, ko’zlari katta-katta ochiq, nisbatan faol bo’lishadi. Bunday bolalarning terisi va kindigi sariq yoki ko’kish rangda bo’ladi. Bola vaqtida tug’ilmaganida kesar kesish usuli ham qo’llanilishi mumkin. Bu usul 40 haftadan oshgan homilaning boshi katta bo’lganida qo’llaniladi. Yana to’lg’oq qo’zg’atuvchi dorilar yordamida jara- yonni tezlashtirib tug’dirib olish usuli mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.