Boladagi o’zgarishlar
Homilaning uzunligi 44 sm, og’irligi 2000-2200 gr. Bolaning yuragi to’laligicha shakllanib bo’ldi. Yurak bo’lmalari orasida ozgina bo’shliq bor, u ham tug’ilganidan so’ng birinchi nafas olganida yopilib ketadi. Markaziy asab, endokrin, immun tizimlarida oxirgi «sayqallash ishlari» ketmoqda. Shu davrda bolaning bo’yi shiddat bilan o’sadi. U onasidan o’zi uchun kerakli bo’lgan jamiki narsani avvalgi oylarga qaraganda ko’proq talab qilib oladi. Agar belgilangan vaqtidan ilgari tug’uruq ro’y bersa, demak, onaga emas, bolaga yomon bo’lgani sababli shunday holat yuzaga keldi.
Onadagi o’zgarishlar
Endi siz kichkintoyingizning tizzasi bilan tepyaptimi yoki tirsagi bilan – farqlay olasiz. Kattalashayotgan bachadon boshqa a’zolarni yanada siqmoqda. Tez-tez siydik ushlolmay qolishingiz mumkin. Uyqungiz halovatsiz bo’ladi. Tug’uruq muddati yaqinlashgani sari tos suyaklari kengaya boshlaydi – bu esa sizda yoqimsiz hislar uyg’otishi mumkin. Homiladorlikning avvalgi barcha alomatlari saqlanib qoladi (ich qotishi, bosh og’rishi, jig’ildon qaynashi, ovqatning yaxshi hazm bo’lmasligi, burun va milklarning qonashi, belog’rig’i, oyoqlardagi tomir tortishishi, shishlar, tomir kengayishi). Lekin agar omadingiz kelib qolsa, bu alomatlarning birortasi ham sizda uchramasligi mumkin. Qorindagi to’q rangdagi chiziq yaqqolroq bilina boщlaydi. Kindik cho’zilib, tekis bo’lib qoladi, tug’uruqdan so’ng asliga qaytadi. Yuqorida aytganimizdek, vazn ortishi mumkin, ammo siz ichayotgan va ajralayotgan suyuqligingizni nazorat qilib boring. Odam organizmida taxminan 4,5-5 litr qon bo’ladi, homilador ayol organizmida esa 32-36-haftaga kelib, uning miqdori 5-5,5 litrgacha ortadi. Bu qo’shimcha litr qon homiladorlik davrida hosil bo’lib, homilaning hayot faoliyatini ta’minlaydigan yangi qon aylanish tizimida bo’ladi.
Homiladorlikning bu muddatida sizga quyidagi tahlillardan o’tishingizni aytishadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.