Boladagi o’zgarishlar
Homilaning uzunligi 44 sm, tana vazni 2400 gr. Uning atrofidagi suvga bir sutkada ajratadigan peshob miqdori yarim litrcha chiqadi. Yuz tuzilishi yakuniga yetgan, terisi ham avvalgidek pushti rangda emas. Tanasidagi mayin tukchalar esa hozircha saqlanib turibdi. Tirnoqlari o’sib ketgan. Qo’l va oyoq kaftlarida hech kimda takrorlanmaydigan, bir umr saqlanib qoladigan o’ziga xos chiziqlar, naqshlar paydo bo’ldi. U endi to’laqonli odam. Agar bumuddatda tug’ilsa, ortiqcha parvarishlarsiz katta bo’lib ketadi.
Onadagi o’zgarishlar
Homiladorlikning 33-36-haftalarida jinsiy yaqinlik tavsiya etilmaydi. Jinsiy a’zolar tug’ruqqa tayyorlanayotgan bo’ladi, Bezovta bo’lgan bola holatini o’zgartirib, tug’uruq uchun noqulay bo’lgan vaziyatda joylashib olishi mumkin. Ayolning tug’uruq yo’llariga ham infeksiyalar tushishi mumkin. Shifokoringiz sizni, ehtimol, bu safar so’nggi bor UTTga yuborishi mumkin. Unda homilaning joylashishi, yo’ldoshning birikkan o’rni, homila atrofidagi suv miqdori, yo’ldoshning yetilish darajasi ko’riladi. Bularning barchasi tug’uruq jarayoniga ta’sir etadi. Kichkintoyga kerakli narsalarni tayyorlab qo’yishning ayni vaqtidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.