Boladagi o’zgarishlar
Homilaning o’rtacha uzunligi 50 sm, og’irligi 3000-3500 gr. Terisi och pushti rangda, tukchalar sezilmaydigan darajada, boshidagi sochlarining uzunligi 2 sm. Ko’zlari mukammal shakllanib bo’ldi. Markaziy nerv tizimi rivojlanishda davom etmoqda. So’rishni boshqarishga javobgar bo’lgan nerv yetarlicha takomillashgan.
Onadagi o’zgarishlar
Qorinning pasayishi homilaning tug’ilishga tayyorlanayotganidan darak beradi. Bolaning boshi onasining tos suyaklari orasiga joylashgani sabab qorin pastga tushadi. Bu holat odatda tug’uruqqa 2 yoki 4 haftalar qolganida ro’y beradi. Avval tuqqan ayollarda bu sezilmasligi ham mumkin. Bu vaqtda o’pka va oshqozonga bosim kamaygani uchun homilador ayol o’zini yaxshi his eta boshlaydi, nafas olish yengillashadi. Boshqa tarafdan esa siydik qopi, tos bo’g’imlariga og’irlik tushadi. Yurish va o’tirishga qiynalasiz. Hojatga tez-tez borishingiz mumkin. Bel sohasida og’riqlar boshlanadi. Natijada o’tkir sanchiqli og’riqlar paydo bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.