Boladagi o’zgarishlar
Homilaning o’rtacha uzunligi 48-50 sm va og’irligi 3000 gr. Kichkintoy kuniga 28-30 gr. dan vazn yig’ib, jadallik bilan bachadondan tashqarida yashashga harakat qilmoqda. Terisi och pushti rangga kirdi, mayin tuklar kamayib bormoqda. Boshidagi sochlarining uzunligi 1-2 sm.cha keladi.
Onadagi o’zgarishlar
Sizning homiladorligingiz shu haftadan boshlab vaqti-soati yetgan hisoblanadi. Endi siz qolgan haftalarning birida bemalol tug’ishingiz mumkin. Homiladorlikning oxirgi haftalarida ko’krak bezlari yaxshigina kattalishib, og’irlashganini sezasiz.
Og’iz sutining paydo bo’lishi tug’ish vaqti yaqinlashganining belgisidir. Uni siz siynabandingizda (byustgalter) paydo bo’lgan dog’lardan bilishingiz mumkin. Aytganday, ayni shu davrda ko’kraklaringiz chiroyini saqlab qolish uchun mahkam ushlab turadigan siynaband taqing. Homiladorlikning to’qqizinchi oyida bola nisbatan kamroq qimirlab tepadi. Tug’uruqqa tayyorlanib, boshi bilan pastga qarab yotganida harakatlari yanada cheklanadi. Bolaning kamharakat bo’lib qolganidan ortiqcha bezovta bo’lmang. Lekin uzoq vaqt borligini sezdirmasa, shifokoringizga xabar bering. Bolangiz sog’lom bo’lsa ham, hayoti xavfda bo’lishi mumkin. Qancha tez aniqlansa, shuncha oldini olish imkoni ko’proq bo’ladi. Tug’ishga tayyor turing.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.