Boladagi o’zgarishlar
Bolaning o’rtacha uzunligi 48 sm, og’irligi esa 2700-2800 gr. Teri ostida yog‘lar hosil bo‘lishi natijasida tanasi to‘lishib, burmalari (ajinlari) kamayib bormoqda.
Onadagi o‘zgarishlar
Tug‘uruqxonaga olib ketadigan narsalaringizni o‘ylab, tayyorlab qo‘yadigan vaqtingiz keldi. Homiladorlikning 32 va 36-xaftalari oralig‘ida bola boshi bilan uzunasiga joylashgan bo‘lishi kerak. Ba’zi bolalar ko‘ndalang holatda yotadi. Ularni oxirgi 8 hafta davomida maxsus mashqlar yordamida holatini o‘zgartirish mumkin. Ba’zi vaziyatlarda shifokorlar tashqi ta’sir yordamida bolaning boshini pastga aylantirishlari mumkin. Lekin bu amaliyotni bajarayotgan shifokor o‘ta malakali bo‘lishi va zarur bo‘lib qolsa, kesar kesish amaliyotini bajara olishi kerak.
Bolaning bunday joylashishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: bolaning vazni yetarlicha bo‘lmasligi, bachadonning noto‘g‘ri tuzilishi, bachadon ichidagi suvning ko‘p miqdorda bo‘lishi, bittadan ortiq homila. Agar bachadon bo‘yinchasi juda sekin ochilsa yoki boshqa muammolar yuzaga kelsa, shifokor jarrohlar jamoasi bilan istalgan vaqtda operatsiyaga tayyor turishi kerak.
Homiladorlikning oxirgi uch oyligida sayohatga chiqish ona va bola salomatligiga xavfli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, homilador ayollarga shifokor ruxsatisiz uchish man qilingan. Tabiiyki, shifokorlar ko‘pincha bunday ruxsatnomani berishmaydi, ayniqsa, sakkizinchi va to‘qqizinchi oylarda. Samolyotda, yerdan ancha yuqorida bo‘lganingizda kutilmaganda to‘lg‘oq tutib qolishi mumkin.
Mashinada bo’ladigan qisqa sayohatlar – agar boshingiz aylanmasa va o’zingiz mashinani boshqarmasangiz – muammo tug’dirmasligi kerak. Lekin shunda ham uzoq masofaga boradigan bo’lsangiz, yo’lda bir oz to’xtab, ozgina yurib, oyoqlaringiz chigilini yozib oling. Xavfsizlik kamarini taqishni unutmang.
To’lg’oq boshlanganida bir o’zingiz tug’uruqxonaga yo’lolmang. Tug’uruqxonaga olib ketiladigan narsalar Homiladorlikning 35-36-haftasida tug’uruqxonaga olib ketadigan sumkangizni tayyorlab qo’yishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Ikkinchi sumkangizni ham tayyorlab, yaqinlaringizga ko’rsatib, tayinlab qo’ying. Unga sizni tug’uruqxonadan olib chiqadigan kuni zarur bo’ladigan narsalarni joylang. Tug’uruqxonaga olib ketadigan narsalaringiz:
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.