Boladagi o’zgarishlar
Kichkintoyingizning yuzidagi ajinlari ancha kamayib qoldi. Boshida yaxshigina sochlari bor. Juda katta tezlik bilan vazn orttirib boryapti: oxirgi oyda 900 gr.ga yaqin. Homilaning og’irligi 1800 gr, uzunligi esa 43 sm. Oxirgi uch oylikda bolangiz shu darajaga yetadiki, unda hiqichoq tutishi mumkin. Ba’zi bolalarni bir kunda bir necha marotaba hiqichoq tutsa, ba’zilarida umuman hiqichoq kuzatilmaydi. U bolangizga hech qanday noqulaylik tug’dirmaydi.
Onadagi o’zgarishlar
Bachadon qisqargandek bo’lib, tez-tez og’riqlar kuzatiladi. Ko’proq dam oling. Bolangiz to’laligicha shakllanib bo’ldi. Hozir teri ostidagi yog’lar hosil bo’lmoqda, tez kunda kichkintoyingiz do’mboqqina go’dakka aylanadi. Qaysi tug’uruqxonada tug’ishingizni oldindan belgilab, shifokoringiz bilan maslahatlashib oling. Agar homiladorligingiz asoratlarsiz kecha- yotgan bo’lsa, dard boshlanishi bilan «Tez yordam»da yoki boshqa mashinada tug’uruqxonaga borishingiz mumkin. Homiladorligingiz asoratli kechayotgan bo’lsa, shifokoringiz belgilangan muddatdan bir-ikki hafta ilgari tug’uruqxonaga borib yotishingizni tavsiya qilishi mumkin. Homiladorlikningoxirgi oylarida jinsiy yaqinlikda ehtiyot bo’ling, u vaqtidan ilgari tug’uruqlarga sabab bo’lishi kuzatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.