Boladagi o’zgarishlar
Homila kun sayin emas, soat sayin o’sib bormoqda. Qandaydir sabablarga ko’ra hozir bola tug’ilsa, u chala tug’ilgan hisoblanmaydi. Bu kabi vaqtidan U ilgari tug’uruqlar bolaning tashabbusi bilan ro’y beradi. U o’ziga yoqmagan joyda sabr qilib yotmaydi. Uning ko’rinishi normal tug’ilgan go’daklar singari bo’lsa ham, o’pkalari hozircha yetilmagan, o’g’il bolalarda tuxumlari moyakka tushmagan, qizlarda esa jinsiy lablar ochiq holatda bo’ladi. Terisi och pushti rangda bo’lib, ostidan qon tomirlari ko’rinib turibdi. Tashqaridan qaraganda qip-qizil ajin bosgan, burushgan cholga o’xshaydi. Homilaning vazni 1400-1600 gr, uzunligi 40-42 sm.
Onadagi o’zgarishlar
Qorningiz kattalashishda davom etmoqda. Ko’krak qafasi va tos sohasida sizga yoqmaydigan o’zgarishlar kuzatilmoqda. Bu tabiiy bo’lib, o’sayotgan homila o’ziga ko’proq joyni talab qilmoqda. Ba’zi ayollarda bu davrda kuchli jig’ildon qaynashi mumkin.
Buning sababi, yuqorida aytganimizdek, kattalashgan bachadon boshqa ichki a’zolarni eza boshlaydi, natijada esa oshqozon ishida qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Kamroq, lekin tez-tez ovqatlanishga harakat qiling. Ovqatlanganingizdan so’ng darhol yotib olmang. Xomiladorlikda ko’p uchraydigan shikoyatlarning biri – beldagi og’riqlardir. Ular homiladorlikning istagan muddatida paydo bo’ladi. Hatto tuqqaningizdan so’ng bir necha oy davomida ham sizni tark etmasligi mumkin. Bu og’riqlarni to’g’ri yurish va ba’zi mashqlar yengillatishga yordam beradi. Sizga homiladorlik davringiz batafsilyoritilgan va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjat – almashuv varaqasini berishadi. Vrach uni tug’uruq oldi ta’tiliga chiqishingizdan oldin to’ldiradi. Endi uni ko’chaga chiqqaningizda doimo yoningizda olib yuring. Biror sababga ko’ra ko’rsatilgan muddatdan ilgari tug’ishingizga to’g’ri kelsa, almashuv varaqasi shifokorlarning to’g’ri tez yordam berishiga asos bo’ladi. Avvalgidek shifokor ahvolingizni nazorat qilib borish uchun har ikki haftada qon va peshob tahlillari topshirishingizni aytadi. Agar qand kasalligi bo’lsa, u ham doim tekshirilib turiladi. Agar homilador ayolning qoni rezus manfiy bo’lsa, antitelalar tekshirib boriladi.
Qo’l va oyoq shishlariga, vazningizning birdan ortishiga e’tiborli bo’ling. Ichgan suyuqligingiz miqdori bilan ajralgan suyuqlikning nisbatini nazorat qiling (200-300 ml.ga farq qilishi mumkin). Agar kamroq ajralayotgan bo’lsa, darhol shifokoringizga ayting. Ortiqcha suv to’planib borib, buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, yurakka ortiqcha og’irlik bo’ladi, oqibatda esa qon bosimi ko’tariladi. Bu holat bolaga ham ta’sir ko’rsatadi: unga kislorod va ozuqaviy moddalar yetishmaydi. Natijada homilani oldirishgacha borish mumkin. Taomnomangizdan sho’r, achchiq, dudlangan va yog’li narsalarni chiqarib tashlang. Doimo vazningizni nazorat qilib boring. Haftasiga 300 gr.gacha semirishin- giz mumkin. bo’lsinki, bu vazn ortishi ham bolaning o’sishi va atrofidagi suvlar hisobigadir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.