Boladagi o’zgarishlar
Homilaning o’rtacha uzunligi 45-47 sm, og’irligi 2500-2600 gr chiqadi. Shu kundan boshlab kichkintoyingiz kuniga 220 gr.dan vazn orttirib boradi.
Onadagi o’zgarishlar
Homiladorligingiz davom etmoqda. Uyqu masalasida muammolar bo’lishi mumkin. Bunga tanangizdagi og’riqlar, tug’ish oldidagi hayajonlar sabab bo’ladi. Xomiladorlik davrida bo’lg’usi onada ko’p miqdordagi kislorodni o’ziga singdirishi uchun nafas olish tizimida o’zgarishlar kuzatiladi. Lekin oxirgi uch oylikda ayrim ayollar havo yetishmayotganidan shikoyat qilishadi. Bunga sabab bachadon kattalashib onaning o’pkasini ezadi va to’la nafas olishga to’sqinlik qiladi. Tug’ishingizdan 2-3 hafta oldin yengil nafas ola boshlaysiz. Bu vaqtga kelib, qorningiz pasayadi, bola tug’ilishga tayyorgarlik ko’rib, tosning pastki qismiga joylashadi. Agar qiynalib tez-tez nafas olayotgan bo’lsangiz, lablar va barmoq uchlari ko’karib, yuragingiz tez urayotgan bo’lsa, darhol shifokor ko’rigiga boring.
Homilador ayolning qorni qanday bo’lishining ma’lum bir qolipi yo’q. U katta, kichkina, cho’qqaygan, keng, baland yoki past bo’lishi mumkin. Qorningizning shakli va kattaligi sizning bo’yingiz, vazningiz, suyaklaringiz tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Bolaning katta-kichikligi qorinning shakli va o’lchoviga bog’liqmi? Bunday mavjud emas. Hatto ba’zida aksincha ham bo’ladi. Jussasi kichkina, qorni sezilmaydigan darajada bo’lgan ayol kattagina go’dakni dunyoga keltirishi mumkin. Gavdali, qorni katta bo’lgan ayolning chaqalog’i kichkinagina tug’ilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.