Boladagi o‘zgarishlar.
20 ta tish shakllanib bo‘ldi. Oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqara boshladi. Erkak jinsidagi homilada prostata bezi rivojlanyapti. Ayol jinsida esa jinsiy hujayralar (ovogonin) jadal ravishda ko‘payib bormoqda. Rivojlanish samarali ilgarilayapti. Kichkintoyingiz jigari safro ishlab chiqarmoqda. Sog‘lom ona va sog‘lom bola tarbiyasi Kelajakda u yog‘larni hazm qilish uchun kerak bo‘ladi. Ichak ham o‘z faoliyatini boshlash arafasida. Shu haftadan unda qisqarishlar paydo bo‘ladi. Aynan shunday qisqarishlar natijasida yutilgan taom to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qiladi. Bosh miya shakllanishda davom etmoqda. Hozirda u juda kichik ko‘rinishdagi kattalar miyasiga o‘xshaydi. Kichkintoyingizning og‘irligi taxminan 10-25 gramm bo‘lib, umumiy uzunligi 10 sm chiqadi.
Onadagi o‘zgarishlar.
Ikkinchi uch oylikning boshi odatda xotirjamlik va orombaxsh davr hisoblanadi. Erta toksikozning noxush alomatlari yo‘qoldi. Endi organizmingiz yangi holatga moslashdi. Siz yana o‘zingizni qulay, xotirjam his qila boshladingiz. Homiladorlikning 13-16-haftasi onalik «bosqichlarining» eng tinch davri hisoblanadi. O‘zingizni kuchga to‘lgandek his etib, yana avvalgidek kundalik ishlaringiz bilan shug‘ullanishni istaysiz. Agar kasallik va asoratlar kuzatilmasa, jismoniy faollik mumkingina emas, balki juda zarur ham. Hozircha hayot tarzingizni o‘zgartirmay ishlashingiz mumkin. Yurish siz uchun juda foydali. Yurganda ham ikki soatcha to‘xtamay yurish… Agar charchab qolsangiz, o‘tirib dam olishingiz mumkin. oldin ham kechki sayr uchun yarim soat vaqt ajratsangiz, juda yaxshi ish qilgan bo‘lasiz. Odatda, 12-14 haftalik muddatda homiladorlarni birinchi ultratovush tekshiruvi (UZI)ga yuborishadi.
Bu muddatdagi UTT dan maqsad – homilaning joylashishini va tug‘ish muddatini aniqlash. UTT va nima uchun qilinadi? Ultratovush tekshiruvi meditsinada yangi kashf etilgan tekshiruv usullaridan biridir. Birinchi UTT 1956 yildagina o‘tkazilgan bo‘lib, akusherlik va ginekologiya sohasida u o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab qo‘llanilmoqda. Endilikda ultratovush tekshiruvi akusherlik va ginekologiyada yetakchi usullardan biri hisoblanadi.
Bunga bir qator sabablar bor:
Homiladorlikda UTT kerakmi? UTTning akusherlikdagi ahamiyati beqiyosdir. Ungacha homilaning aniq kattaligini, homiladorlik muddatini belgilash, yo‘ldoshning tuzilishini o‘rganish, tug‘ma nuqsonlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan. Ba’zan tug‘ma nuqsonlarni aniqlash maqsadida homilador ayol rentgenga tushirilgan. Lekin barcha ayollarning bunday tekshiruvdan o‘tishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Sababu tekshiruv zararli ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori. Gohida shunday savol tug‘iladi: sog‘lom kishilar UTTga bormaydi, shunday ekan, me’yorida yaxshi kechayotgan homiladorlikda unga borish shartmi? Savolning javobi bitta: albatta, kerak, shart! Avvalo, sabablaridan biri – har qanday kasallikning oldini olgan afzal, ayniqsa akusherlikda. Axir homila o‘zi shifokor huzuriga borib: «Oxirgi paytda negadir o‘zimni yomon his qilyapman…» deyolmaydi-ku.
Homiladorlikning yaxshi kechishida UTTning kerakligining bir nechta dalili:
Lekin ko‘pincha 2 haftadan ortiq muddatga adashishadi. Agar vaqtidan ilgari tug‘uruq xavfi ro‘y bersa, 34 haftalik homila muddati bilan 36 haftalik homila muddatiga vrachlar turlicha yo‘l tutadilar.
Ultratovush tekshiruvidan qachon o‘tish kerak? Homiladorlikda UTTga ilk bor qachon borgan yaxshiroq? 15 haftagacha bo‘lgan muddatda borgan ma’qul.
Aynan shu davrda quyidagilar aniqlanadi:
homila borligi ko‘rinadi;
tuxum hujayraning bachadonda yoki bachadondan tashqarida joylashganligi aniqlanadi;
homiladorlik muddati aniq belgilanadi;
2 tadan ortiq homila aniqlanadi;
yolg‘on homiladorlik bilinadi.
Keyingi UTT odatda homiladorlikning 18-22, haftalariga belgilanadi. Unda:
homilaning tug‘ma nuqsonlari aniqlanadi. Aynan shu vaqtda ularni bilish muhim. Chunki bu muddatda hozircha homilani oldirish mumkin;
yo‘ldoshning joylashgan o‘rni aniqlanadi.
Homiladorlikdagi navbatdagi UTT ko‘pincha 32-34 haftalik muddatlarga belgilanadi. Bu tekshiruvda:
homila rivojidagi biror kasallik alomatlari bor-yo‘qligi aniqlanadi;
yo‘ldoshning va homilaning joylashishi ko‘riladi;
homilani o‘rab turgan suv miqdori va sifati tekshiriladi.
Bu tekshiruvlarning eng oddiysi bo‘lib, u butunlay fiziologik sog‘lom kechayotgan homila uchundir. U yoki bu kamchiliklar ko‘ringanida UTT yana ham chuqurroq olib boriladi. Yana homilani kardiotokografiya va doplerografiya usullari bilan ham tekshirishni zarur bo‘lganda shifokorlar taklif etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.