Boladagi o‘zgarishlar:
Hamma asosiy a’zolar shakllanib bo‘ldi. Endi ular o‘sib mukammallashadi. Barcha tizimlar xuddi katta odamlarnikidek ishlay boshladi. Jigar yaqingacha qon ishlab chiqarardi, hozir hazm qilish tizimida o‘z o‘rniga ega. Oshqozon, o‘t qopi, ichaklar ushoqdek organizmda astoydil o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Homilaning uzunligi endilikda – 12,5 sm.
Onadagi o‘zgarishlar:
Homiladorlikning to‘rtinchi oyida bo‘lg‘usi ona quyidagi tekshiruvlardan o‘tadi:
tana vazni va qon bosimi o‘lchanadi;
peshob tahlilida qand va oqsil miqdori aniqlanadi;
homilaning yurak urishi tekshiriladi;
bachadon kattaligi o‘lchanadi;
qo‘l va oyoqdagi shish, qon tomir kengayishlari bor- yo‘qligi aniqlanadi;
homiladorni nimalar bezovta qilayotgani so‘raladi.
Burun oqishi va undan qon ketishi qondagi estrogen va progestron gormonlarining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Burun shilliq qavatining yallig‘lanishi va qon ketishi odatda qishda kuzatiladi. Homiladorlikdagi bu holatni yengillatish uchun burunga vazelin surish, vrach maslahati bilan qo‘shimcha 250 mg vitamin S qabul qilish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.